Partiya saytida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Gulbahor Saidğaniyevaning şu mavzudagi mulohazalari e'lon qilingan.
Deputat Özbekistonga birinçi navbatda integratsiya va jahon bozori kerakligi, ammo YeOIIga a'zolik masalasida har tarafni jiddiy öylab qadam taşlaş muhimligini bildiradi.
Uning sözlariga köra, Özbekiston avvalo, ittifoqqa a'zo davlatlarning iqtisodiy holatini örganişi va bunda ikki yildan buyon ittifoq kuzatuvçisi maqomida qolayotgan, lekin a'zo bölmagan Moldova davlati tajribasiga e'tibor qaratişi kerak.
«Özbekistonning ittifoqqa kuzatuvçi bölib kirişi yoki tölaqonli a'zoligi uning YeOIIga a'zo bölmagan davlatlar, xususan, Xitoy, Turkiya va Janubiy Koreya bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy munosabatlariga salbiy ta'siri bölişi mumkinmi? Masalaning bu tomoniga ham e'tibor qaratiladimi-yöqmi, degan savollar bizni öylantiriş kerak», deydi deputat.
U şuningdek, YeOIIga a'zolik Özbekistonga qanday oqibatlarni olib kelişi mumkinligi borasidagi fikrlarini bildiradi. U bu borada quyidagi uçta yirik xavfni körmoqda:
- YeOIIga a'zo böliş bilan uşbu ittifoqda yetakçi davlat qöygan şartlarga könişimiz kerak böladi.
«Bugun xorijiy investorlarga boj tölovlarini özimiz mustaqil belgilaymiz, ammo ittifoqqa a'zoli bilan bu bojlarni uning şartlari asosida belgilaşga majbur bölamiz.
Yoki qaysidir mahsulotimiz YeOIIga a'zo biror mamlakatda sanitariya normalariga töğri kelmasa, ittifoqning boşqa davlatlari bozoriga ham kirolmasligi şunday şartlardan biridir. Ya'ni bu borada bozor va boj siyosatidagi mustaqilligimiz çeklanadi», deydi u.
- YeOIIga a'zo davlatlar milliy valutasining oxirgi oylarda keskin qadrsizlangani boşqa a'zo mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta'sir körsatişi mumkinligini körsatmoqda.
- Ittifoqqa a'zolik Özbekistonga qiziqiş bilan qarayotgan investorlar fikrlarini ham salbiy tomonga burişi mumkin. Çunki Rossiya hozirda turli sanksiya va bosimlar ostida qolgan. Bu salbiy munosabat YeOIIga ham tegişli.
Deputat Qirğizistonning ittifoqqa a'zo bölişi ortidan uşbu davlatga nisbatan Xitoy investorlarining qiziqişi keskin pasayganini eslatgan.









