Budjet tashkilotlarining birinchi darajali to‘lovlari uzluksiz amalga oshirilmoqda – Moliya vazirligi
Moliya vazirligi joriy yilning mart oyi ikkinchi yarmi uchun ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘lab berilgani haqida ma'lumot berdi.
«Moliya vazirligi G‘aznachiligi budjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarga ish haqi to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash, shuningdek, koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash choralarini ta'minlash bo‘yicha uzluksiz faoliyatini davom ettirmoqda.
Xususan, ushbu muhim vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, G‘aznachilik jamoasi ishni onlayn tizimida hamda xodimlar o‘z-o‘zini izolyatsiya qilgan holda budjet tashkilotlarining birinchi darajali to‘lovlar uzluksiz amalga oshirilishini ta'minlamoqda.
Joriy yilning 6 aprel kuni holatiga ko‘ra, budjet tashkilotlari tomonidan taqdim qilingan so‘rovnomalarga asosan budjet mablag‘lari hisobidan mart oyi ikkinchi yarmi uchun jami 2 trln 501 mlrd so‘mlik (99 foiz) ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘lab berildi.
Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy tuzilmalarida budjet tashkilotlari tomonidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun yakuniy xisob kitoblarga asosan taqdim qilingan so‘rovnomalarga asosan to‘lab berish ishlari uzluksiz davom ettirilmoqda», deyiladi Moliya vazirligi xabarida.
Avvalroq Moliya vazirligi alohida texnik xodimlari karantinga olingani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:43 / 21.02.2023
O‘zbekistonda xodimlarning 28 foizi 1 mln so‘mgacha maosh oladi
20:14 / 22.11.2022
O‘zbekistonning davlat qarzi 26 mlrd dollar atrofida saqlanib qoldi
11:51 / 22.11.2022
“Bitta vazirlik hamma vazirlik ustidan qo‘riqchi bo‘lib turgani bilan ish bitmaydi” - Timur Ishmetov vazirliklar budjet mablag‘larini maqsadsiz sarflashi haqida
15:14 / 21.11.2022