RBK'dagi maqolada koronavirusni aniqlaş uçun ötkaziladigan test nimaga asoslanişi va qaysi davlatlar bu testlarni işlab çiqarayotgani haqida söz boradi.

JSST nimani taklif qilmoqda?

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti rahbari Tedros Gebreisus mamlakatlarni mart oyining örtalaridayoq odamlarda alomatlarsiz yuqişi mumkin bölgan SARS-CoV-2 virusini aniqlaş uçun imkon qadar köproq testlar işlab çiqariga çaqirgan edi.

JSST qöllanmasiga köra, COVID-19’ni keltirib çiqaruvçi koronavirus teskari transkripsiyali polimeraz zanjir reaksiyasi (PZR) yöli bilan aniqlanişi kerak. Tavsiyalarda aytilişiça, bu – bugungi kunda virus infeksiyasini taşxislaşning eng aniq va işonçli yölidir. U inson biologik materialida virus RNKsining juda kam miqdorini ham aniqlaş imkonini beradi va kasallikni yaşirin davridayoq aniqlab beradi.

1983 yilda ixtiro qilingan usul molekulyar taşxislaşda hozir ham asos bölib xizmat qiladi. Biologik namunada DNK fragmentlarining kiçik konsentratsiyasini nisbatan köpaytiriş yölini topgan amerikalik olim bu işi uçun Nobel mukofotini olgan.

DNK/RNKni PZR yöli bilan aniqlaş OITV, virusli gepatitlar, jinsiy yöl bilan yuquvçi kasalliklar, sil, borrelioz, ensefalit va boşqa kasalliklarni taşxislaş imkonini beradi. Usuldan arxelogiya, kriminalistika va genetikada ham foydalaniladi.

PZR-test qanday işlaydi?

Taşxis uçun fiziologik suyuqliklardan bir zanjirli RNK ajratib olinadi, uning asosida ikki zanjirli DNK şakllantiriladi va maxsus ferment polimerazlar yordamida köp marta nusxalanadi.

DNK nusxalari sonining köpaytirilişi amplifikatsiya deb ataladi. Natijada, biologik namunadagi DNK/RNKning avval boşda minimal bölgan alohida qismlari konsentratsiyasi sezilarli darajada oşadi. Tadqiqot mobaynida DNKning test uçun zarur qismi nusxalanadi. Albatta, tadqiq etilayotgan biomaterialda DNK yoki RNKning virusli qismi mavjud bölsagina, nusxalaniş amalga oşadi.

Koronavirus bilan boğliq holatda taşxis uçun surtma tomoqdan yoki burun böşliğidan olinadi. Çunki qon va axlatda virus kasallik avj olganidan söng paydo böladi.

Rossiya-Yaponiya testlari