Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmatlari kadrlari tayyorlovchi yangi tibbiyot oliygohi ochiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.
Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Innovatsion sog‘likni saqlash milliy palatasi bilan birgalikda:
a) uch oy muddatda jamoat salomatligi va sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmatlari sohasida oliy ma'lumotli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha alohida tibbiyot oliy ta'lim muassasasini tashkil qilish va o‘quv jarayonini 2020/2021 o‘quv yilidan boshlashni nazarda tutadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
b) 2021 yil 1 yanvarga qadar:
- N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti hamda Turkiya Baxchishehir universitetining filiallari va klinikalarini O‘zbekistonda tashkil etish yuzasidan;
- mamlakatimizdagi tibbiyot oliy ta'lim muassasalarida xalqaro reytinglarga kiruvchi nufuzli xorijiy tibbiyot ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta'lim dasturlari asosida xalqaro fakultetlar, shuningdek, filiallarni ochish yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Vazirlik Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster va Akfa universitetlarini jalb qilgan holda ushbu universitetlar hamda tibbiyot oliy ta'lim muassasalarida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab sog‘likni saqlash sohasi uchun menejyer mutaxassislarni (Master of Healthcare Administration) tayyorlash bo‘yicha magistrlik yo‘nalishini joriy qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020/2021 o‘quv yilida sog‘liqni saqlash sohasi uchun 20 nafar menejyer mutaxassislarni magistrlik yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash choralarini ko‘radi.
Mavzuga oid
12:13 / 21.01.2026
“Judayam chang, nafas olib bo‘lmaydi” – Toshkentda yo‘lovchilar iflos avtobusda tashilmoqda
12:44 / 17.11.2025
Oziq-ovqat mahsulotlariga sanitariya xulosasi 3 yilga beriladi
20:49 / 27.03.2025
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» tanqid ortidan poyezdlarda sanitariya nazorati kuchaytirilishini e’lon qildi
16:34 / 13.02.2025