Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘shrabot IIB binosida bezorilik qilgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Tumanning «Yuqori jo‘sh» mahallasida ichimlik suv quvurlarini o‘zboshimchalik bilan kovlab, uyiga olib ketgan fuqaro ustidan tuman IIBga murojaat kelib tushgan.
Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, Qo‘shrabot tuman IIB xodimlari Sh.Zohidov va G‘.Mamayevlar bu quvurlarni Qo‘shrabot tuman «Yuqori jo‘sh» mahallasida yashovchi fuqaro T.Sh. (1992 y.t.) kavlab olganini aniqlab, uning uyiga borgan.
T.Sh. bilan suhbat davomida shu mahallada yashovchi, 1991 yil tug‘ilgan boshqa bir fuqaro X.N. kelib, xodimlarning faoliyatiga qarshilik qilib, ularni turli so‘zlar bilan haqorat qiladi.
IIB xodimlari haqorat qilgan fuqaroni Qo‘shrabot tuman IIBga olib borishganda, u IIB xodimlarini yana haqorat qilib, IIB binosining ichki tomonidagi devorlarni, vaqtincha ushlab turish xonasining eshigi va eshik romlarini tepib shikast yetkazadi.
Holat yuzasidan Qo‘shrabot tuman prokuraturasi tomonidan X.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi va 140-moddasi (Haqorat qilish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
15:30 / 03.02.2026
Samarqandda kuniga 500 tonna chiqindi saralaydigan stansiya quriladi
10:53 / 29.01.2026
Samarqandda yollanma qotil orqali tanishini o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
10:30 / 29.01.2026
Samarqandda tabiatga 422 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
14:43 / 28.01.2026