Karantin sababli O‘zbekistondan chiqib keta olmagan xorijliklarga hech qanday chora ko‘rilmaydi
Bugun, 8 aprel kuni AOKAdagi maxsus shtabda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
«Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida 30 va 60 kunlik muddatga vizasiz va elektron viza asosida kirib kelgan hamda karantin e'lon qilingani munosabati bilan respublika hududidan chiqib keta olmagan chet el fuqarolariga xech qanaqa choralar ko‘rilmaydi.
Ular karantin tugaganidan so‘ng hech qanday hujjat rasmiylashtirilmasdan, muammo va to‘siqlarsiz bemalol chegara-nazorat maskanlari orqali respublika hududidan chiqib ketishlari mumkin», deya Shohrux G‘iyosovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
IIV vakilining qo‘shimcha qilishicha, karantin tugab Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari tomonidan fuqarolarni qabul qilish yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng, respublika hududida viza va vaqtincha propiska muddati tugagan chet el fuqarolariga hech qanday chora ko‘rilmasdan bo‘lish muddatlari muammosiz uzaytirib beriladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston koronavirus pandemiyasi sababli 16 mart kuni chegaralarini yopdi. Shunga qaramay, xorij fuqarolarining mamlakatni tark etishi taqiqlanmagan.
Mavzuga oid
21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
00:22 / 26.11.2022
Pekinda koronavirus avj olgani tufayli yangi cheklovlar kiritilmoqda
22:24 / 07.11.2022
Angliyada uy parrandalariga lokdaun e’lon qilindi
12:45 / 19.07.2022