Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasi «O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga 100 mln so‘m o‘tkazdi
Bugungi kundagi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash yo‘lidagi umumiy birdamlik davrida «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasi «O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga kam ta'minlangan oilalarga, boquvchisiz qariyalarga, nogiron va ishsiz shaxslarga oziq-ovqat mahsulotlari, dori‑darmonlar, gigiyena vositalari xarid qilish uchun 100 mln so‘m miqdorida mablag‘ o‘tkazib berdi.
«O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasi jamoasi tibbiyot muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalar xodimlariga O‘zbekiston fuqarolari sog‘lig‘i va hayotini saqlab qolish maqsadida kurashda ko‘rsatayotgan fidoiylik, qat'iyat va yengilmas irodasi uchun chuqur hurmat, ehtirom va minnatdorchilik izhor etadi.
«O‘zbekinvest» EIMSK axborot xizmati
Mavzuga oid
10:00 / 19.06.2026
«O‘zbekinvest» TXIF-2026 doirasida investitsiyalarni sug‘urtaviy qo‘llab-quvvatlash sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlamoqda va kengaytirmoqda
10:00 / 09.06.2026
«O‘zbekinvest» Shveytsariya sug‘urta bozorining yetakchi kompaniyalari bilan global hamkorlikni rivojlantirmoqda
10:00 / 21.05.2026
“O‘zbekinvest” EISK AJ hududiy filiallari rahbarlari Xitoyda malaka oshirdi
10:00 / 23.04.2026