Jahon | 22:09 / 09.04.2020
26451
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada parom yo‘lovchilari koronavirus sababli o‘zlarini dengizga otdilar

Indoneziyada parom unda koronavirusga chalinganlar borligi sababli portga kiritilmasligi haqidagi ma'lumotdan keyin undagi yo‘lovchilar bort ortiga sakray boshladilar. 

Ushbu voqea videosini Daily Mail nashri e'lon qildi.

Voqea Flores orolining shimolida yuz bergan. Mahalliy ma'muriyat parom ekipajining 3 a'zosi koronavirusga chalingani haqidagi ma'lumotdan keyin paromni portga kiritmaslikka qaror qilgan. Shundan keyin paromdagi ba'zi yo‘lovchilar qirg‘oqqa suzib yetib olishga qaror qilib, o‘zlarini dengizga otganlar. 

Keyinroq kemaga barcha ehtiyotkorlik choralariga amal qilish sharti bilan portda to‘xtashga ruxsat berilgan. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Indoneziyada koronavirusga chalinganlar 3,3 mingga yaqinni, vafot etganlar 280 nafarni tashkil qilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid