Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTM ilmiy anjumanlari onlayn shaklga o‘tkaziladi - vazirlik
Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev OTM ilmiy anjumanlari qoldirilmasligi, bunday tadbirlar onlayn tarzda o‘tkazilishini ma'lum qildi.
«OTM ilmiy anjumanlari qoldirilmaydi, onlayn shaklda o‘tkaziladi. Bunda tezislar va ma'ruzalarni qabul qilish, ularni yetakchi olimlar tomonidan tahririy qayta ishlash, to‘plamlarni chop etish zamonaviy axborot kommunikatsiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Ya'ni, anjumanda qatnashish uchun tashkilotchilar va ishtirokchilarning uyidan chiqishi talab etilmaydi.
Yaqin kunlarda QQDU, BuxDU, TDPU, Qo‘qonDPI, NavDPI va boshqa OTMlarda onlayn anjumanlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Masalan, bugun, 9 aprel kuni, Nizomiy nomidagi TDPUda Sohibqiron Amir Temur bobomiz tavalludining 684 yilligiga bag‘ishlab «Cohibqiron Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni» mavzusida onlayn konferensiya o‘tkazilmoqda.
Xalqaro anjumanlarni ham shu tartibda o‘tkazish rejalashtirilgan. Masalan, joriy yil 19-20 may kunlari BuxDUda «Islom sivilizatsiyasida Buxoro ma'naviy-ma'rifiy merosining umumbashariy ahamiyati» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman onlayn tartibda o‘tkazilishi e'lon qilingan. Onlayn anjumanlar to‘g‘risidagi yangiliklarni vazirlik rasmiy veb-sayti va telegram kanalini kuzatib borish tavsiya etiladi», dedi Babashev.
Mavzuga oid
20:59 / 22.08.2025
Oliygoh va litseylarda darslar qachon boshlanishi ma’lum qilindi
18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?
08:09 / 16.11.2020
Bitiruvchilarning OTMga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng katta o‘sish ikki viloyatda qayd etildi
00:18 / 16.11.2020