O‘zbekiston | 16:30 / 10.04.2020
18178
1 daqiqa o‘qiladi

Andijondagi ikkita shifoxonadan karantinga o‘tkazilgan 870 kishiga uyiga javob berildi

Andijon viloyatida karantinda bo‘lgan 870 kishiga uylariga ketishga ruxsat berildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Foto: KUN.UZ

Andijon tibbiyot instituti klinikasida navbatchilikda turgan shifokorda koronavirus infeksiyasi aniqlanganidan so‘ng, klinikadagi 618 nafar xodim va bemor karantinga olingan edi.

Shuningdek, Andijon shahar ko‘p tarmoqli poliklinikasida faoliyat yurituvchi shifokorda ham virus qayd etilgach, muassasadagi 252 xodim «Barkamol avlod» sport majmuasining yotoqxonasiga karantinga o‘tkazilgan.

Viloyat shtabidan Kun.uz`ga ma'lum qilishlaricha, 14 kun davomida har ikkala muassasadan karantinga olinganlar orasida kasallik aniqlanmagan.

Karantinga olinganlarning 849 nafari – Andijon viloyatining turli tuman va shaharlaridan bo‘lib, 21 nafari esa boshqa viloyatlar (Namangandan 10 kishi, Farg‘onadan 9, Toshkent viloyatidan esa 2 nafar)dan bo‘lgan.

870 kishi maxsus tashkil etilgan avtobuslarda o‘z uylariga kuzatib qo‘yildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid