O‘zbekiston | 20:10 / 10.04.2020
80682
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston bo‘ylab kuchli yomg‘irlar yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda

Yaqin kunlarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Tog‘oldi va tog‘li tumanlarda sel kelishi xavfi bor.

12-14 aprelda O‘zbekistonda yomg‘ir, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

O‘zgidromet ma'lumotiga ko‘ra, bu kunlarda shamolning tezligi 15-20 m/s.gacha, shiddat bilan esganda 23-28 m/s.gacha yetishi kutilmoqda.

12-14 aprelda respublikaning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel kelishi xavfi bor.

11 aprel kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5° iliq, kunduzi 19-21° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, , yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 18-23° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘ hududlarida (1800 m dan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid