O‘zbekiston | 10:07 / 10.04.2020
98424
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 600dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 42 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 10 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 624 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda dastlabki bemor 15 mart kuni aniqlangan edi. Aprel oyida bemorlar soni sezilarli darajada ko‘paya boshladi.

Shu vaqtgacha bemorlarning 38 nafari sog‘aygan, 3 kishi vafot etgan.

Mavzuga oid