Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karantinga joylashtirilganlar telefonlari ular kimlar bilan muloqotda bo‘lganini aniqlash uchun o‘rganiladi - Adliya vazirligi
Vaqtincha olib qo‘yilgan telefonlar faqat karantinga olingan shaxsning kasallangan yoki kasallanishi ehtimoli bo‘lgan muddatda muloqotda bo‘lgan boshqa insonlarni va tashrif buyurgan joylarni aniqlash maqsadidagina o‘rganiladi.
Bugun, 11 aprel kuni AOKA qoshidagi maxsus shtabda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i G‘aybullo Primov karantinga joylashtirilgan shaxslarning telefonlari olib qo‘yilishi bilan bog‘liq cheklov nega joriy etilgani to‘g‘risida ma'lumot berdi.
G‘aybullo Primovning qayd etishicha, asosan plastikdan tayyorlangan telefonlar va ma'lumot tarqatuvchi boshqa vositalar o‘zida infeksiyani saqlash va tarqatish xususiyatiga ega bo‘lgani bois, ularni karantin hududiga olib kirish sanitar qoidalarga zid keladi.
«Shuningdek, vaqtincha olib qo‘yilgan narsalar faqat mazkur shaxsning kasallangan yoki kasallanishi ehtimoli bo‘lgan muddatda muloqotda bo‘lgan boshqa insonlarni va tashrif buyurgan joylarni aniqlash maqsadidagina o‘rganiladi.
Buning sababi kasallik aniqlangan fuqarolar kasallik yuqtirgandan so‘ng qayerlarga borganini, kimlar bilan muloqotda bo‘lganini yashirishlari yoki unutib qoldirishlari mumkin. Telefonlar qayerga borishganini va kimlar bilan muloqotda bo‘lganini aniqlashga yordam beradi», - deya qayd etdi G‘aybullo Primov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, xorijiy davlatlarda ham bu kabi amaliyot mavjud. Va axborot tashuvchi vositalarning olib qo‘yilishi karantinga joylashtirilgan jismoniy shaxslarning shaxsi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni himoya qilish imkonini ham beradi. Chunki karantinga joylashtirilganlarning shaxsiy ma'lumotlarini muhofaza qilish bo‘yicha qonuniy cheklovlarga rioya qilinmayotgan holatlar ham mavjud.
Bundan tashqari, Adliya vazirligi vakili karantinga joylashtirilgan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan yoki ushbu infeksiya bor deb gumon qilinayotgan shaxslarning mobil telefonlari, audio va video yozuv uskunalari, kredit kartalari va ma'lumot tarqatuvchi boshqa vositalarini vaqtincha olib qo‘yish Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan nizomda ham aks etganini, qonuniy asosga ega ekanini alohida ta'kidlab o‘tdi.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026