«Koronavirus savdoga to‘siqlar yo‘qolishi uchun turtki bo‘lishi kerak» - Behzod Hoshimov
Iqtisodchi Behzod Hoshimov koronavirusning iqtisodga ijobiy ta'sirlari yo‘qligi, lekin davlat va jamiyat aloqalarida o‘zaro ishonchni oshirishi haqida gapirdi.
«Koronavirusning ijobiy iqtisodiy alomatlari yo‘q. Insoniyat tarixini o‘qiydigan bo‘lsangiz, ko‘pincha shu kabi muhim hodisalar odamlarni o‘z harakatlarini o‘zgartirishga chorlagan. Masalan, AQShda «Buyuk tushkunlik»dan keyin savdo barerlari tushib ketgan. Barerlar belgilanganidan keyin 1930 yildan keyin hozirgacha 90 yil ichida barerlar oshmadi.
Ayrim vaqtlarda o‘ylaymanki, jamiyatlar shunday kayfiyatlardan saboq olishadi. Umidim, O‘zbekiston hukumati, jamiyati va insonlar ham saboq olishadi. Masalan, savdoga to‘siqlar yomonligi haqida fikrlashimiz mumkin. Hozir ko‘p tovarlarga to‘siqlar olindi, chunki kerak deyishyapti.
Umuman olganda ham to‘siqlar ma'nosiz edi. Shunga o‘xshagan narsalar bo‘ladi degan umiddaman. Shuning uchun buni [pandemiyaning] ijobiy demasdim-ku, lekin yaxshi tarafi bor.
Ikkinchisi esa, hukumatda jamiyatga nisbatan ishonch paydo bo‘lishini xohlardim. Chunki hozir ko‘ngilli insonlar va davlat qilayotgan ishlari bir-birimizga ishonch darajasini oshirishini xohlagan bo‘lardim. [Hozirda] aynan jamiyat ko‘p hissa qo‘shyapti va davlat ishonsa bo‘ladigan, yaxshi jamiyat shakllanayotganini ko‘ryapti. Yaxshi jamiyat shakllanishi nuqtayi nazaridan bunday kulfatlar foyda berishi mumkin.
Lekin iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijobiy ta'siri bor deyishim yolg‘on bo‘lardi. Bu yomon. Yomon ahvoldamiz», degan iqtisodchi «MFaktor» loyihasi tomonidan uyushtirilgan suhbat davomida koronavirusdan qanday ijobiy oqibatlar kutish mumkinligi haqidagi savolga javoban.
To‘liq suhbatni «MFaktor» loyihasining YouTube'dagi kanalida tomosha qilishingiz mumkin.
Mavzuga oid
20:49 / 16.07.2024
“Restoran vazirligi tuzilsa, restoranlarning sifati tushib ketadi” - Behzod Hoshimov
22:26 / 06.07.2024
“O‘zbekistonga kirayotgan investitsiyalar kamligi – xavotirli” - Behzod Hoshimov
20:30 / 02.07.2024
Energetika, AES va budjet taqchilligi - Behzod Hoshimov bilan suhbat
15:02 / 28.05.2024