Naqd shaklda pensiya oluvchilarga mablag‘larini bank kartasiga o‘tkazish tavsiya qilindi
O‘zbekistonda karantin talablaridan kelib chiqqan holda, pensiya to‘lovlari pensionerlarning yashash manziliga yetkazilmoqda.
Markaziy bank bu holatda pensiya pullarini naqd shaklda olayotgan pensionerlarga Xalq bankining shaxsiy pensiya-overdraft kartalarini ochish va kelgusida pensiya mablag‘larini bank kartalariga o‘tkazishni tavsiya qildi.
«Hozirgi tahlikali sharoitda naqd pullardan foydalanishdagi xatarni va ayni paytda barcha bank xizmatlaridan mobil ilovalar orqali foydalanish mumkinligini hisobga olsak, bu to‘g‘ri va qulay yo‘ldir», – dedi Markaziy bank Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsion siyosat departamenti direktori o‘rinbosari Akmal Nazarov 11 aprel kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda.
Bu orqali pensionerlar bir qator qulayliklarga ega bo‘ladi:
- birinchidan, pensioner qayerda bo‘lishidan qat'i nazar, pensiya mablag‘lari oyning dastlabki kunlarida pensiya-overdraft kartasiga tushadi;
- ikkinchidan, keyingi pensiya to‘lovigacha puli tugab qolgan taqdirda, pensioner oylik pensiyasining 50 foizigacha foizsiz overdraft krediti olishi mumkin;
- uchinchidan, kartadagi mablag‘larga yillik 8 foiz miqdorida daromad hisoblanishi bilan bir qatorda, ularni Xalq bankining bankomatlari orqali foizsiz naqdlashtirish imkoniyati yaratilgan.
Ma'lumot uchun, fuqaro pensiyani tarqatish jarayonida yashash manzilida bo‘lmasa va vaqtincha boshqa hududda istiqomat qilayotgan bo‘lsa, mablag‘lar Pensiya jamg‘armasiga qaytariladi va to‘lanmay qolgan ushbu mablag‘lar keyingi oyda qo‘shib to‘lab beriladi.
Agar fuqaro vaqtincha yashayotgan manzilida vaqtincha ro‘yxatda turgan bo‘lsa, shu hududdagi Pensiya jamg‘armasining bo‘limiga murojaat qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 6 apreldan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida 65 yoshdan oshgan fuqarolarning eng muhim zaruratsiz uyidan chiqishi qat'iyan taqiqlangan.
Mavzuga oid
11:23 / 01.11.2024
«Biz uchun qiziqligi uning qaysi narxda kirib kelishi» – MB raisi energetika resurslari importida Rossiyaga qaramlik haqida
19:37 / 31.10.2024
«Valuta kursining 1 foizga qadrsizlanishi inflatsiyaga 0,3-0,4 foiz ta’sir ko‘rsatishi mumkin» - MB raisi
23:37 / 23.10.2024
O‘zbekistonda muomaladagi naqd pul ulushi 20,7 foizgacha kamaydi - Markaziy bank
20:06 / 18.10.2024