Jahon | 23:00 / 12.04.2020
6167
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada karantin muddati kamida 11 maygacha uzaytirilishi mumkin

Le Journal du Dimanche nashrining Yelisey saroyi va hukumatdagi manbalariga tayanib xabar qilishicha, o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish rejimi may oxirigacha uzaytirilishi mumkin.

Foto: Getty Images

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron dushanba kuni qiladigan millatga murojaatida mamlakatdagi karantin muddati kamida 11 maygacha uzaytirilishini e'lon qilishi mumkin. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib France Presse agentligi xabar berdi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari "karantin bekor qilinishi to‘g‘risida may oyi davomida, 8-10 maydagi bayram kunlaridan so‘ng e'lon qiladi".

Fransiya prezidenti ma'muriyati bu ma'lumotni izohlashni istamadi. 

O‘z navbatida Le Journal du Dimanche nashrining Yelisey saroyi va hukumatdagi manbalariga tayanib xabar qilishicha, o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish rejimi may oxirigacha uzaytirilishi mumkin, maktablardagi mashg‘ulotlar esa sentyabrdan avval boshlanmaydi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Fransiyada koronavirusga chalinganlar soni 130 mingdan oshgan, o‘limlar soni esa 14 mingdan oshib ketdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid