Karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq holatlar soni 55 mingdan oshdi - IIV
Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda
Karantin tadbirlari e'lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 55 386ta holat aniqlangan.
Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, ular:
Toshkent shahrida – 9 029 ta holat;
Toshkent viloyatida – 7 705 ta holat;
Farg‘ona viloyatida – 7 635 ta holat;
Samarqand viloyatida – 5 497 ta holat;
Sirdaryo viloyatida – 4 154 ta holat;
Qashqadaryo viloyatida – 4 066 ta holat;
Namangan viloyatida – 3 252 ta holat;
Andijon viloyatida – 3 243 ta holat;
Buxoro viloyatida – 2 256 ta holat;
Jizzax viloyatida – 2 070 ta holat;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 2 020 ta holat;
Surxondaryo viloyatida – 1 957 ta holat;
Xorazm viloyatida – 1 848 ta holat;
Navoiy viloyatida – 654 ta holatni tashkil etmoqda.
Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.
12 aprel kuni Toshkent viloyati, Parkent tumani, “Zarkent” qishlog‘i, Istiqlol ko‘chasida yashovchi B.D., Yuqori Chirchiq tumani, “Navro‘z” mahallasi, A.To‘qay ko‘chasida yashovchi Sh.M., Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani, “Sarqamish” mahallasi, Do‘ng ko‘chasida yashovchi U.Z., Andijon tumani, “Guliston” mahallasi, Guliston ko‘chasida yashovchi Sh.T., Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, “Qaraxoni” mahallasi, “Yuqori rabot” qishlog‘ida yashovchi I.G‘., Qorako‘l tumani, “Ziyorat” mahallasida yashovchi Sh.T., Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qorao‘zak tumani, “S.Kamalov” ovulida yashovchi S.T.lar jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilganlar.
12 aprel kuni Namangan shahar, 3-Norin ko‘chasida yashovchi A.X., Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Ellikqal'a tumani, “Bog‘yop” ovulida yashovchi A.E.lar ruxsatnomasiz o‘z transportlarida bemaqsad yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
12 aprel soat 14:00da Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, “Bahor” mahallasi, Sokinlik ko‘chasida yashovchi R.Sh. karantin qoidalarini buzib, mast holatda mayda bezorilik sodir qilganligi uchun, unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54, 194 va 183-moddalari asosida Ma'muriy ishlar bo‘yicha Guliston tumani sudi tomonidan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.
12 aprel kuni Jizzax shahar, “H.Olimjon” mahallasi, N.Qo‘shoqov ko‘chasida yashovchi X.I. “Kimyogar” mahallasida joylashgan o‘ziga tegishli bo‘lgan karaoke barda 5 nafar mijozga xizmat ko‘rsatayotganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.
12 aprel kuni Namangan viloyati, Pop tumani, “Chig‘anoq” mahallasida yashovchi A.Y. jamoat joyida himoya niqobini taqmasdan, mast holatda fuqarolar osoyishtaligini buzib yurganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54, 183 va 194-moddalari bilan Ma'muriy ishlar bo‘yicha Pop tumani sudi tomonidan A.Y.ga 15 sutka hamda 1 115 000 so‘m jarima jazosi belgilangan.
“Ta'kidlab o‘tamiz, har birimiz zimmamizdagi vazifalarga yanada mas'uliyat bilan yondashib, sanitariya-gigiyena talablariga qat'iy rioya qilishimiz, eng bebaho ne'mat bo‘lgan sihat-salomatlikni asrash va himoya qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishimiz shart”, - deyiladi IIV ma'lumotida.
Mavzuga oid
17:34 / 04.09.2024
O‘ndan ortiq davlatning politsiya oliy o‘quv yurtlari rahbarlari Toshkentda yig‘ildi – foto
11:40 / 23.08.2024
Jizzaxda soqol qo‘ygan 22 yoshli fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi
13:30 / 20.08.2024
Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinadi
12:01 / 23.07.2024