Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘chma yarmarkalarda dehqonlarga naqd pulda savdo qilishga ruxsat beriladi – DSQ
O‘zbekistonda karantin davrida barcha oziq-ovqat yarmarkalarida savdo to‘lov terminallari orqali amalga oshiriladi, faqatgina dehqonlar naqd pulda savdo qilishlariga ruxsat beriladi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Fazliddin Umarov AOKAda o‘tkazilgan brifing chog‘ida aytib o‘tdi.
«Karantin vaqtida tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan sotilayotgan tovarlar, albatta, nazorat-kassa mashinalari va to‘lov terminallari orqali qabul qilinishi shart. Faqatgina dehqon bozorlaridan jalb qilingan dehqonlar (mahsulotlarni o‘zlari yetishtirgan) tomonidan nazorat-kassa mashinalari va to‘lov terminallari ishlatilmasdan savdo qilinishiga yo‘l qo‘yiladi. Ular tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lishi va to‘lov terminaliga ega bo‘lmasligi mumkin. Oziq-ovqatga talab ortgan vaqtda ularning savdosini cheklab qo‘ya olmaymiz.
Ma'lumot uchun aytib o‘taman, aholining oziq-ovqatga bo‘lgan talabini qondirish uchun respublika aholi yashash joylarida jami 4 ming 862ta, shundan 2286ta ko‘chma va 2576tasi muqim asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari savdosi yarmarkalari tashkil qilindi. Jumladan, Toshkent viloyatida 289ta savdo yarmarkalari tashkil etildi.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, ushbu yarmarkalar tashkil etilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, joylarda mazkur yarmarkalarni tashkil qilish bo‘yicha tashkiliy, ko‘chma savdo va ta'minot guruhlari tuzilib, unga mahalliy hokimliklar, prokuratura, ichki ishlar, soliq, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash idoralari, dehqon bozorlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar jalb etilgan.
Ta'minot guruhlariga esa dehqon bozorlari, mahalliy ishlab chiqaruvchilar, ulgurji va chakana savdo tarmoqlari, fermer xo‘jaliklari hamda dehqonlar biriktirilib, har bir mahsulotni yetkazib berish grafiklari ishlab chiqilgan», deya Umarovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026