Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTM talabalari o‘rtasida respublika fan olimpiadalarini o‘tkazish tartibi oydinlashdi
Oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida respublika fan olimpiadalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi
Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida respublika fan olimpiadalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
Belgilab qo‘yilishicha:
a) respublika fan olimpiadalarini tashkil qilish xarajatlari:
olimpiada o‘tkazilayotgan oliy ta'lim muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari hamda texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
b) talabalarning olimpiadalardagi ishtirokini ta'minlash bilan bog‘liq, shu jumladan kunlik, yashash va transport xarajatlari olimpiadaga yuborayotgan oliy ta'lim muassasasining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida;
v) respublika olimpiada g‘oliblari hamda ularning ilmiy rahbarlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotlari bilan bog‘liq xarajatlar talaba o‘qiyotgan oliy ta'lim muassasasining hamda ilmiy rahbarining asosiy ish joyining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, olimpiadaning maqsadi - talabalarning o‘quv-bilish, o‘quv-tadqiqotchilik faoliyatini rag‘batlantirish; yoshlarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish; iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash uchun zaruriy sharoitlarni yaratish; har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishdan iborat.
Quyidagilar olimpiadaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
iste'dodli talabalarni aniqlash, ular faoliyatini ilmiy va uslubiy jihatdan muvofiqlashtirib borish, sohada ilg‘or tajribalarni ommalashtirishda respublika va xalqaro tajribalarni inobatga olish;
iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, intellektual o‘sishi uchun sharoit yaratish;
talabalarda o‘quv faoliyatiga va bo‘lajak kasbiga qiziqishni oshirish;
talabalar uchun o‘quv mashg‘ulotlarini tashkillashtirishda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda interfaol usullarni tatbiq etilishini ta'minlash;
Olimpiada gumanitar, tabiiy ilmiy fanlar hamda umumkasbiy, ixtisoslik fanlari bo‘yicha alohida-alohida o‘tkaziladi. “Gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” blogi bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiadada bakalavriatning kunduzgi bo‘lim 2-kurs talabalari, “Umumkasbiy hamda ixtisoslik fanlari” bo‘yicha 3-, 4-va undan yuqori kurs talabalari ishtirok etadi.
Olimpiadani tashkil etish va o‘tkazish ikki bosqichda:
a) birinchi bosqichi o‘quv yilining mart-aprel oylarida barcha OTMlarda;
b) ikkinchi bosqichi vazirlikning buyrug‘i bilan belgilangan muddatda tegishli fanlardan olimpiadani tashkil etish va o‘tkazishga mas'ul etib belgilangan OTMlarda o‘tkaziladi.
Olimpiadaning yuqori saviyada o‘tkazilishiga shaxsan OTM rektori (filial direktori, harbiy OTM boshlig‘i) mas'ul hisoblanadi.
Olimpiadaning 1- va 2-bosqichlarini o‘tkazish uchun OTMda jamoatchilik asosida Tashkiliy qo‘mita tuziladi. Tarkibi rektor buyrug‘i bilan tasdiqlanadi va quyidagi shaxslardan iborat bo‘ladi:
Rektor (Rais);
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor (Rais o‘rinbosari);
Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i (Mas'ul kotib).
A'zolari:
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor;
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor;
OTM “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti vakili;
Fakultet dekanlari, OTMning yetakchi olimlari va mutaxassislari.
Olimpiada o‘tkaziladigan gumanitar va tabiiy-ilmiy, umumkasbiy hamda ixtisoslik fanlar bo‘yicha birinchi bosqich topshiriqlari fan dasturiga mos holda, tegishli kafedralar tomonidan ko‘p variantli qilib tuziladi va OTM Tashkiliy qo‘mitasiga topshiriladi. Mazkur qo‘mita mavjud variantlar asosida yangi variantlarni tuzadi. Variantlar maxfiyligini ta'minlagan holda olimpiadaning tegishli turi boshlanish vaqtiga qadar maxsus seyfda saqlanadi va olimpiadaning tegishli turi boshlanishidan oldin Hakamlar hay'atiga topshiradi.
Olimpiadaning ikkinchi bosqichida sinov o‘tkazilayotgan fanlar bo‘yicha topshiriqlar fan dasturiga mos holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Oliy ta'limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi tomonidan taqdim etilgan variantlar asosida va olimpiadaning tegishli turi boshlanishidan oldin Hakamlar hay'atiga topshiriladi.
Olimpiadaning 1 va 2 - bosqichlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
ijodiy ish tayyorlash;
yozma ish yoki amaliy, laboratoriya, test va og‘zaki topshiriqlarni bajarish (yoki matn tarjima qilish).
Ijodiy ishni tayyorlash tartibi va muddatlari OTM tomonidan belgilanadi.
Olimpiada ikki kun davomida to‘rtta turda o‘tkazilishi rejalashtiriladi:
1-kun 2 turdan iborat: ijodiy yoki laboratoriya ishlari hamda yozma ish;
2-kun 2 turdan iborat: test sinovlari va og‘zaki suhbat.
Har bir tur vazifalarini bajarishga ikki soat vaqt beriladi.
Har bir tur 100 ballik tizimda Hakamlar hay'ati a'zolari tomonidan baholanadi va to‘plangan baholar o‘rtacha qiymati hisoblanib, talabaning shu turdan olgan bali aniqlanadi. Talabaning 4 ta tur bo‘yicha natijasi asosida egallagan o‘rni belgilanadi.
Hakamlar hay'ati 280 va undan yuqori ball to‘plagan talabalar orasidan ballar ketma-ketligi bo‘yicha I, II, III-o‘rinlarni aniqlaydi va qaydnomani rasmiylashtiradi. Keyingi o‘rinlar ballar ketma-ketligida yuqoridan pastga qarab aniqlanadi.
Agar barcha talabalarning to‘plagan ballari maksimal ballning 70 foizidan (280 ball) kam bo‘lsa, ushbu fan bo‘yicha g‘olib aniqlanmadi deb hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:34 / 19.05.2026
Xorijdagi yoshlar uchun xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi tashkil etiladi
21:45 / 07.05.2026
XOQ Belarus sportchilari uchun barcha cheklovlarni bekor qildi
13:06 / 21.10.2025
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi o‘tkaziladi
20:59 / 22.08.2025