Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramazon oyida Saudiya Arabistonida taroveh namozlari uyda o‘qiladi
Koronavirus pandemiyasi bartaraf etilmas ekan, Saudiya Arabistoni masjidlarida jamoat namozlari o‘qilishini to‘xtatib turish bo‘yicha qaror ham o‘z kuchida qoladi. Bu, jumladan, ramazon oyidagi taroveh namozlariga ham taalluqli.
Bu haqda podshohlikning islom masalalari bo‘yicha vaziri Abdulatif Ash-Shayx ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Saudi Gazzette.
Uning tushuntirishicha, sunnat hisoblanuvchi taroveh namozidan ko‘ra, kundalik besh mahal farz namozlarining masjidlarda o‘qilishi to‘xtatib turilgani ancha muhimroq ahamiyat kasb etadi.
«O‘qiydigan taroveh namozimiz xoh masjidda bo‘lsin, xoh uyda – qabul bo‘lishini Alloh taolodan so‘rab qolamiz», – degan Abdulatif Ash-Shayx.
U ehtiyot chorasi sifatida dafn marosimlarida marhumning ko‘pi bilan 5-6 nafar qarindoshi qatnashishi mumkinligini ta'kidlagan.
«Ko‘pchilikning bir joyga yig‘ilishiga qo‘yilgan taqiq sababli, qabristondagi janoza namozida qatnashuvchi marhumning qarindoshlari 5-6 kishidan oshmasligi joiz. Marhum uchun janoza namozi o‘qishni istaganlar uylarida ham o‘qishlari mumkin», – deya ma'lum qilgan vazir.
Podshohlikda ramazon oyi 24 apreldan boshlanishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, Saudiya Arabistonida koronavirusdan kasallanish holatlari soni 4500ga yaqinlashmoqda. 59 bemor vafot etgan, 761 kishi sog‘aygan. Mamlakatning qator shaharlarida komendantlik soati amal qilmoqda.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026