Jahon | 20:02 / 13.04.2020
21728
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada koronavirusga qarshi dorini sinovdan o‘tkazish qachondan boshlanishi ma'lum qilindi

Rossiyada ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi dorini klinik sinovdan o‘tkazish 10-12 kundan so‘ng boshlanadi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma'lum qildi.

Foto: Grigoriy Sysoyev / RIA Novosti

"Rossiya kompaniyasi ishlab chiqqan dori vositasi qator davlatlardagi hamkasblarimiz tomonidan sinovdan o‘tkazildi. Qisqa vaqt ichida klinikaoldi tadqiqotlari baholanadi", dedi u.

Dorining klinik tadqiqotlari 10-12 kundan so‘ng boshlanadi, deya qo‘shimcha qildi vazir.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 18 mingdan oshgan, 148 kishi vafot etgan. Ko‘plab regionlarda o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish rejimi joriy etilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid