TIV Tojikistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ma'lumot bilan chiqdi
O‘zbekiston fuqarolari viza muddatini uzaytirish uchun Tojikiston Tashqi ishlar vazirligining bosh konsullik boshqarmasi va So‘g‘d viloyatidagi vakolatxonasiga, ro‘yxatda turish muddatini uzaytirish uchun esa Tojikiston Ichki ishlar vazirligining pasport-ro‘yxatga olish xizmatiga murojaat qilishlari mumkin
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Tojikistonda bo‘lib turgan o‘zbekistonlik fuqarolarga maxsus ma'lumot bilan chiqdi.
O‘zbekistonning Dushanbe shahridagi elchixonasi ma'lumotiga ko‘ra, Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi COVID-19 koronavirusi pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda Tojikiston Respublikasida vaqtincha bo‘lib turgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning viza va ro‘yxatda turish muddatlari epidemiologik vaziyat barqarorlashganicha uzaytirilishini ma'lum qildi.
Tojikiston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari viza muddatini uzaytirish uchun Tojikiston Tashqi ishlar vazirligining bosh konsullik boshqarmasi va So‘g‘d viloyatidagi vakolatxonasiga, ro‘yxatda turish muddatini uzaytirish uchun esa Tojikiston Ichki ishlar vazirligining pasport-ro‘yxatga olish xizmatiga murojaat qilishlari mumkin.
Mavzuga oid
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
15:00 / 19.10.2024
Tojikistonda KXShT mashg‘ulotlarining faol bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
22:55 / 12.10.2024