Jamiyat | 14:59 / 13.04.2020
4201
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrida kartoshka ta'minoti bo‘yicha uzilishlar bo‘lmaydi - Hokimlik

Toshkent shahri hokimligi matbuot xizmati rahbari Furqat Mahmudxo‘jayev AOKAda o‘tkazilgan brifingda poytaxtda oziq-ovqat, xususan kartoshka ta'minotida uzilish bo‘lmasligini ma'lum qildi.

«Toshkent shahriga oziq-ovqatlar kirib kelishi bo‘yicha hech qanday muammo yo‘q. Kartoshka misolida aytmoqchiman: karantin boshlangan kun – 15 martdan boshlab 12 aprelga qadar Toshkent shahriga jami 3440 tonna kartoshka kirib kelgan bo‘lsa, 29 kun ichida 3321,7 tonna kartoshka sotilgan. Yana 116,5 tonna zaxirasi qolgan. Demak, kartoshka tugab qolishi bo‘yicha xavotirlar o‘rinsiz. Boshqa mahsulotlar zaxirasi ham yetarli.

Shuningdek, joylardagi oziq-ovqat yarmarkalari haqida to‘xtalib o‘tsak. Bugungi kunga kelib Toshkent shahrida 715ta yarmarka tashkil etildi. Bunda 417 tonna kartoshka, 262 tonna piyoz, 123 tonna sabzi, 56 tonna karam, 105 tonna turli sabzavotlar, 35 tonna meva, 54 tonna guruch, 29 tonna makaron, 51 tonna un, 46 tonna shakar, 24,5 tonna mol go‘shti, 2,5 tonna qo‘y go‘shti, 25 tonna tovuq go‘shti, 934 ming dona tuxum, 59 ming litr yog‘ mahsulotlari sotilgan. Ushbu savdo nuqtalarida sanitariya talablari nazoratga olingan va to‘lov terminallari orqali savdo amalga oshirilmoqda»,  deya axborot berdi Mahmudxo‘jayev. 

Mavzuga oid