O‘zbekiston | 13:25 / 14.04.2020
2785
3 daqiqa o‘qiladi

Karantinda jinoyat ishlari bo‘yicha tergov harakatlarini o‘tkazish maksimal darajada kamaygan - Tergov departamenti

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 24 mart kunidan buyon Respublika maxsus komissiya tomonidan Covid-19 virusining tarqalib ketishining oldini olish maqsadida bir qancha cheklovlar belgilab kelinmoqda. Cheklovlarga fuqarolarning zaruratsiz uydan ko‘chaga chiqmasligi, jamoat va shaxsiy avtotransport vositalari (maxsus stiker berilganlari bundan mustasno) harakatini to‘xtatish, umumiy ovqatlanish va jamoatchilik ko‘ngilochar joylar faoliyatini to‘xtatish va shu kabilar kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi jazoni ijro etish muassasalari, shu jumladan tergov izolyatorlariga kirish-chiqish, muassasada saqlanayotgan va u yerga kiruvchi fuqarolarning xavfsizligi nuqtai nazaridan vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lib, yurituvdagi barcha tergovga qadar tekshiruv materiallari hamda jinoyat ishlari bo‘yicha faqat kechiktirib bo‘lmaydigan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va tergov harakatlarini qonunchilikka qat'iy rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda.

Tergov harakatlari o‘tkazish uchun chaqirtirilgan protsess ishtirokchilari bilan faqatgina zaruriy tergov harakatlarini karantin qoidalariga asosan, maxsus himoya-gigiyena vositalaridan foydalanib amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining koronavirus infeksiyasini keng tarqalishining oldini olish borasida qabul qilingan qator normativ-huquqiy hujjatlari talablariga rioya etgan holda, ichki ishlar organlarining tegishli protsessual harakatlarni amalga oshirishga mas'ul bo‘lgan bo‘linmalari tomonidan fuqarolarni maksimal darajada chaqirmaslik choralari ko‘rilishi bilan birga, karantin talablariga qat'iy rioya etish, o‘z xavfsizligi va boshqalar xavfsizligini o‘ylagan holda uyda qolishlari borasida tashviqot-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Bugun kunda jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv va dastlabki tergov harakatlarini karantin yoki boshqa favqulodda vaziyatlarda to‘xtatish haqidagi normani qonunchilikka kiritish yuzasidan taklif berilgan bo‘lib, hozirda ushbu qonun loyihasi muhokama jarayonida hisoblanadi, deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid