O‘zbekiston | 12:12 / 14.04.2020
4046
8 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq holatlar soni 60 mingga yaqinlashdi

Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda 

Foto: KUN.UZ

Karantin tadbirlari e'lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 59 921 ta holat aniqlangan. 

Ichki ishlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra. ular:

Toshkent shahrida – 10 100 ta holat; 
Toshkent viloyatida – 8 588 ta holat;
Farg‘ona viloyatida – 8 644 ta holat;
Samarqand viloyatida – 5 712 ta holat;
Sirdaryo viloyatida – 4 381 ta holat;
Qashqadaryo viloyatida – 4 188 ta holat;
Andijon viloyatida – 3 457 ta holat;
Namangan viloyatida – 3 416 ta holat;
Buxoro viloyatida – 2 412 ta holat; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 2 187 ta holat;
Jizzax viloyatida – 2 115 ta holat;
Surxondaryo viloyatida – 2 053 ta holat;
Xorazm viloyatida – 1 997 ta holat;
Navoiy viloyatida – 671 ta holatni tashkil etmoqda.

Bildirilishicha, karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.

13 aprel kuni Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, “Chinobod” mahallasida yashovchi 1982 y.t. G.B., Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani, “Nayman” mahallasida yashovchi 1997 y.t. A.A., Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani, “Oltiariq” mahallasi, U.Yusupov ko‘chasida yashovchi 1993 y.t. M.I., Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, “Xalqobod” mahallasida yashovchi 1977 y.t. I.B., Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani, “Mo‘minqul" mahallasida yashovchi 1998 y.t. S.M., Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Chimboy tumani, “Tazgara” ovulida yashovchi 1983 y.t. J.M., Bo‘zatov tumani, “Ko‘k suv” ovulida yashovchi 1996 y.t. R.M.lar jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilganlar.

13 aprel kuni Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, A.Qahhor ko‘chasida yashovchi 1963 y.t. V.L. o‘zining xonadonida 1991 y.t. V.G. hamda A.Sh.larni yig‘ib, spirtli ichimlik ichib, karantin qoidalarini buzganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilganlar.

13 aprel kuni Jizzax viloyati, Arnasoy tumani, “Bobur” mahallasi, F.Xo‘jayev ko‘chasida yashovchi 1974 y.t. O.X. va Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani, “Kumidon” mahallasida yashovchi 1996 y.t. O.K.lar ruxsatnomasiz o‘z transportlarida bemaqsad yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

13 aprel kuni Jizzax viloyati, Paxtakor tumani, “Toshkent” mahallasi, A.Ikromov ko‘chasida yashovchi 1980 y.t. B.T. va Buxoro viloyati, Shofirkon tumani, “Jo‘ynav” mahallasi, “Jo‘ynav” qishlog‘ida yashovchi 1990 y.t B.G‘. ruxsatnomasiz o‘z transportlarida bemaqsad fuqarolar tashib yurganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

13 aprel kuni Namangan shahar, Istiqlol ko‘chasida yashovchi 1992 y.t. K.A. jamoat joyida karantin qoidalarini buzib, niqobsiz holda o‘z velosipedida bemaqsad yurganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilib, velosipedi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

13 aprel kuni Kogon shahar, Amirobod ko‘chasida joylashgan “Amirobod qurilish effekt” MChJ binosida karantin vaqtida bir joyga to‘planib, spirtli ichimlik ichib, karantin qoidalarini buzganliklari uchun Buxoro shahar A.Jomiy ko‘chasida yashovchi 1983 y.t. M.X., R.X., A.B., E.R., Tong ko‘chasida yashovchi 1984 y.t. A.M., Piridastgir ko‘chasida yashovchi 1979 y.t. U.X., Burqut ko‘chasida yashovchi 1994 y.t. Sh.K., G‘ijduvon tumani, “Qoraxon” mahallasi, “Dukak” qishlog‘ida yashovchi 1986 y.t. F.X., Vobkent tumani, Shodlik ko‘chasida yashovchi 1981 y.t. Sh.D. va “Do‘stlik” mahallasi, “Rabotbolo” qishlog‘ida yashovchi 1976 y.t. B.X.lar Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilganlar.

13 aprel kuni 14:20larda Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, “Nurobod” mahallasi, Muqimiy ko‘chasida yashovchi 1988 y.t. Sh.K. IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan karantin qoidalarini buzib, mast holatda mayda bezorilik sodir qilganligi uchun, unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-, 183-, 187- va 194-moddalari asosida ma'muriy hujjatlar rasmiylashtirilib, Ma'muriy ishlar bo‘yicha Sayxunobod tumani sudi tomonidan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

13 aprel kuni Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahar, Bog‘chasaroy ko‘chasida yashovchi 1995 y.t. F.D. IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan karantin qoidalarini buzib, mast holatda mayda bezorilik sodir qilganligi uchun, unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-, 183-, va 194-moddalari asosida ma'muriy hujjatlar rasmiylashtirilib, Ma'muriy ishlar bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudi tomonidan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

13 aprel kuni Namangan viloyati, Pop tumani, “Chig‘anoq” mahallasida yashovchi 1971 y.t. M.U. IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan karantin qoidalarini buzib, mast holatda mayda bezorilik sodir qilganligi uchun, unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-, 183-, va 194-moddalari asosida ma'muriy hujjatlar rasmiylashtirilib, Ma'muriy ishlar bo‘yicha Pop tumani sudi tomonidan unga nisbatan 1 115 000 so‘m jarima jazosi belgilangan.

13 aprel kuni Toshkent viloyati, Bekobod shahar, Saydaliyev berk ko‘chasida yashovchi 1973 y.t. Sh.Yu. IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan karantin qoidalarini buzganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

13 aprel kuni Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani, “Ravot” mahallasida yashovchi 1984 y.t. B.A. karantin qoidalarini buzib, jamoat joyida spirtli ichimlik iste'mol qilganligi uchun Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 187-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

13 aprel kuni Toshkent viloyati, Bekobod tumani, “Navoiy” mahallasida yashovchi 1977 y.t. G‘.X. karantin qoidalarini buzib, maqsadsiz yurganligi uchun Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

13 aprel kuni Jizzax viloyati, Zarbdor tumani, “Navoiy” mahallasi, S.Ahmad ko‘chasida yashovchi 1976 y.t. xususiy tadbirkor U.J. “Oybek” mahallasi hududida joylashgan dehqon bozoridagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida 2 nafar mijozga xizmat ko‘rsatayotganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

13 aprel kuni 09:20 larda Andijon viloyati, Paxtaobod tumani, “Qorashox” mahallasida yashovchi 1996 y.t. B.Q. karantin qoidalarini buzib, jamoat joyida lotereya o‘yinlarini tashkil qilganligi uchun Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

Mavzuga oid