O‘zbekiston | 14:33 / 14.04.2020
11420
3 daqiqa o‘qiladi

Transport vazirligi: Karantindagilarni uyiga qadar yetkazmagan haydovchiga chora ko‘rildi   

Transport vazirligi Axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov koronavirusga qarshi kurash shtabida bo‘lib o‘tgan navbatdagi brifingda kelib tushgan savollarga javob berdi.

Foto: Telegram / Insider.uz

Mening ishlab chiqarish korxonam bor. Hozirgi kunda zarur bulgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun chet eldan xom ayosh buyurtma berib, ushbu xom ayoshni olib kelishda aeroportning Kargo yuk xizmatidan foydalansam buladimi?

Albatta bo‘ladi. Hozirgi kunda ko‘p davlatlarda koronavirus pandemiyasi tufayli muntazam aviaqatnovlar, yo‘lovchi va yuk tashuvi cheklangan. Ammo “Uzbekistan Airports” AJ tizimiga kiruvchi Toshkent, Navoiy va Namangan aeroportlari kuchayu-kunduz faoliyat yuritmoqda. Bu aeroportlarda yuklarni qabul kilishga barcha sharoitlar mavjud.

Mamlakatimizning qolgan aeroportlari aviaqatnov tashkil qilinishiga qarab jadval buyicha ishlamoqda. Yuk yuboruvchilar yoki qabul qiluvchi, yuk tashish uchun kerak bo‘lgan hujjatlar ruyxatini va yukga bo‘lgan talablarni aeroportning yuk tashuv bo‘limidan, yoki aviatashuvni bajaruvchi aviakompaniyadan olishi mumkin.

13 aprel kuni soat tungi 01:00 Toshkent viloyatida joylashgan karantin zonasidan olib kelinayotgan 50 nafar fuqarolar yo‘lda qoldirib ketildi. Bu holatga izoh bormi?

Mazkur holat bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish ishlarida xabar mutlaqo asossiz va haqiqatdan yiroq ekanligi oydinlashdi. Shu kuni avtobus haydovchisi karantin muddati tugab uylariga qaytayotgan barcha yo‘lovchilarni o‘z manzillariga qadar yetkazib qo‘ygan. 

Biroq, joriy yilning 10 aprel kuni Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan karantin o‘tash maxsus hududida bo‘lgan va uyiga javob berilgan fuqarolarni doimiy yashash manzillariga yetkazib qo‘yish davomida avtobus haydovchisi va yo‘lovchilarning o‘zaro tushunmovchiligi sabab haqiqatan ham 3 nafar fuqaroni o‘z manziliga (Algoritm mavzesiga) yetkazmasdan, Farhod bozori atrofida tushirib qoldirgan. Natijada bu fuqarolar yo‘lda qolib ketishgan. Haydovchining bu xatosi sabab unga nisbatan ma’muriy javobgarlik jazosi qo‘llanildi.

Yuqoridagi kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan karantin o‘tash maxsus hududida bo‘lgan fuqarolarni o‘z manzillariga uylariga yetkazib qo‘yish uchun “Toshshahartransxizmat” AJ va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan birgalikda maxsus yo‘nalishlar ishlab chiqilib, ushbu yo‘nalish bo‘yicha fuqarolarni manzillarga yetkazilmoqda. 

Bundan tashqari fuqarolarni kichik massiv va mahallarga olib kirish uchun Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tuman bo‘limlarining Post-patrul xizmati xodimlari tomonidan uyga yetkazish choralari ko‘rilmoqda.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid