Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmdagi harbiy qismga karantinga joylashtirilganlar orasida koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlarga aniqlik kiritildi
Ushbu harbiy qismdagi karantin punktida 492 nafar fuqarodan Covid-2019 koronavirus kasalligini aniqlash maqsadida namunalar tekshirish uchun olingan
Foto: tho-askar.uz
Bugun, 14 aprel kuni AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Bosh davlat sanitariya inspektoriga Xorazm viloyatidagi harbiy qismda koronavirus bo‘yicha epidemiologik vaziyat noxush bo‘lgan davlatlardan keltirilgan odamlar karantinga joylashtirilgani, keyin shu karantindagilar orasida kasallik tarqab ketgani haqida savol berildi.
“Joriy yilning 22 mart kuni Moskva – Urganch (239 nafar) va Novosibirsk – Urganch (253 nafar) yo‘nalishidagi charter aviareyslarida jami — 492 nafar fuqaro Shovot tumanida joylashgan 49093-sonli harbiy qismda karantin gospitaliga joylashtirildi.
Joriy yilning 23-24 mart kunlari ushbu harbiy qismdagi karantin punktida 492 nafar fuqarodan Covid-2019 koronavirus kasalligini aniqlash maqsadida namunalar tekshirish uchun olindi.
2020 yil 25-27 mart kunlari virusologik tekshiruvlar natijasiga asosan, 7 nafar musbat natija qayd qilindi va u yerdagilar "Yoshlar" va "Hayot-NN" mehmonxonalari, Xonqa sanatoriysiga, TTA Urganch filiali klinikasiga, TATU Urganch filiali yotoqxonasiga ko‘chirildi”, - dedi Nurmat Otabekov.
Qayd etilishicha, hozir harbiy qismda fuqarolar qolmagan.
Mavzuga oid
19:00 / 17.02.2026
Xorazmda yangi ta’lim markazi: Osiyo xalqaro universiteti talabalarga qanday imkoniyatlar taqdim etadi?
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
11:26 / 09.02.2026
Toshkentda bog‘chalardagi “karantin” haqidagi xabarlar rad etildi
21:31 / 30.01.2026