Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq qo‘mitasining jamoatchilik e'tiroziga sabab bo‘lgan hujjat loyihasi muhokamadan olindi
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan e'lon qilingan jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkaziladigan pullarni nazorat qilishga oid hujjat loyihasi keng jamoatchilik e'tiroziga uchraganidan keyin muhokamalar portalidan o‘chirib tashlandi.

7 aprel kuni Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bankning «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari tomonidan bank hisobvaraqlariga oid axborotlarni Davlat soliq qo‘mitasiga elektron uzatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qo‘shma qarori loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirilgandi. Loyihada banklar mijozlari hisobvaraqlari va jismoniy shaxslar kartasiga boshqa jismoniy shaxs kartasidan o‘zkazmalar ustidan nazorat qilishi ko‘zda tutilgandi.
9 aprel kuni Oliy Majlis Senati rasmiy saytida «Soliq qo‘mitasi va Markaziy bankning qo‘shma qarori loyihasi qonuniy me'yorlar asosida qayta ishlab chiqilishi lozim» sarlavhali munosabat e'lon qilingan edi.
Unda Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bankning regulation.gov.uz veb sahifasiga qo‘yilib, keng munozaralarga sabab bo‘layotgan «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari tomonidan bank hisobvaraqlariga oid axborotlarni Davlat soliq qo‘mitasiga elektron uzatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi qo‘shma qarori loyihasi tanqid ostiga olingan hamda undagi me'yorlar Soliq kodeksida belgilangan me'yorlarga muvofiq qayta ishlab chiqilishi lozimligi ta'kidlangan edi.
Ushbu tanqiddan so‘ng Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Senatga rasmiy xat yo‘llangan. Ta'kidlanishicha, maxsus komissiyaning qaroriga muvofiq hujjat loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar ijro muddati ikki oyga uzaytirilgan. Shuningdek, takliflar hamda e'tirozlar inobatga olinib, Nizom loyihasi veb sahifadan chiqarilgan.
Senat Davlat soliq qo‘mitasi tanqid, taklif va e'tirozlarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lganini ijobiy baholagan.
«Albatta, Oliy Majlis Senati Davlat soliq qo‘mitasining tanqid, taklif va e'tirozlarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lganligini ijobiy baholaydi. Shuningdek, mazkur hujjat loyihasi va shu kabi tadbirkorlarning huquq hamda manfaatlariga daxldor barcha me'yoriy hujjatlar doimiy nazorat ostida bo‘lishini bildiradi», deyiladi Senat axborotida.
Aprel oyi boshida muhokamaga qo‘yilgan hujjatda bir oy davomida jismoniy shaxslarning barcha bank kartalariga kelib tushgan pul mablag‘lari aylanmasi 30 mln. so‘mdan (shu jumladan, chet el valutasi milliy valuta ekvivalentida bo‘lgan taqdirda) va tranzaksiyalari soni 10tadan oshgan operatsiyalari to‘g‘risidagi axborotlarni banklar soliq idoralariga taqdim etishi belgilanganiga keng jamoatchilik, blogerlar, Savdo-sanoat palatasi, deputatlar va iqtisodchilar tomonidan e'tiroz bildirilgan edi.
Mavzuga oid
11:12 / 13.08.2025
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlardan katta miqdorda pul yechib olgan. Qo‘mita buni «texnik nosozlik» bilan izohladi
18:53 / 13.04.2023
Bank kartasidan boshqa kartaga pul o‘tkazmalari uchun soliq joriy etilishi haqidagi xabar rad etildi
11:00 / 23.07.2022
Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati tadbirkorlar bilan uchrashdi
19:55 / 17.01.2022