XVJ jahon iqtisodiyoti katta yo‘qotishga uchrashini ma'lum qildi va O‘zbekiston bo‘yicha yangi prognozini ochiqladi
Xalqaro valuta jamg‘armasi jahon iqtisodiyoti 2020 yilda 3 foizga pasayishini prognoz qilmoqda, bu 2009 yildagiga qaraganda ancha jiddiy ko‘rsatkich. O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sish sur'ati 1,8 foizni tashkil qiladi. Inflatsiya 12,6 foiz atrofida bo‘ladi
Xalqaro valuta jamg‘armasining (XVJ) 14 aprel kuni e'lon qilingan jahon iqtisodiyoti prognoziga ko‘ra, 2020 yilda global iqtisodiyotning pasayishi 3 foizni tashkil qiladi.
Bu global iqtisodiyot 0,08 foizga qisqargan 2009 yildan keyingi birinchi jahon retsessiyasi bo‘ladi.
XVJ prognoziga ko‘ra, 2020 yilda retsessiya 194 mamlakatdan 157tasida qayd etiladi. AQSh iqtisodiyoti 5,9 foizga, yevrohudud - 7,5 foizga pasayadi, Xitoyda esa o‘sish 1,2 foizgacha sekinlashadi. Venesuela (-15 foiz), Livan (-12 foiz), Gretsiya (-10 foiz), Xorvatiya va Chernogoriya (-9 foiz) 2020 yilda eng ko‘p pasayishi kutilayotgan iqtisodiyotlar qatoriga kiradi.
«Biz shafqatsiz reallikka duch keldik. Unda infeksiyaning eksponensial o‘sishi bir necha kun ichida 100 nafar kasallangan odam 10 000ga aylanishini anglatadi», - dedi XVJ bosh iqtisodchisi Gita Gopinat.
Uning ta'kidlashicha, hozirgi inqiroz avvalgilariga o‘xshamaydi. Iqtisodiy ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar, ehtimol, 2008-2009 yillarda global moliyaviy inqirozni keltirib chiqargan zarardan ancha ko‘proqdir. Urush yoki siyosiy inqirozda bo‘lgani kabi, pandemiya qachon tugashi noma'lum. Yalpi talabni rag‘batlantirish bu safar unchalik ahamiyatli emas, chunki inqiroz hukumatlarning turli sohalardagi ishlarni cheklash to‘g‘risidagi majburiy qaroridan kelib chiqadi.
«Bu yil dunyo iqtisodiyoti Buyuk tushkunlik [1929-1933 yillar] davridan beri eng chuqur retsessiyani boshdan kechirishi ehtimoldan xoli emas», - dedi Gopinat. Uning aniqlik kiritishicha, 2020 yilgi inqirozni «Buyuk o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish» yoki «Buyuk karantin», deb atash mumkin.
Epidemiologik inqiroz natijasida jahon yalpi ichki mahsulotining umumiy yo‘qotishi 9 trillion dollargacha yetishi mumkin, deyiladi XVJ materiallarida.
Shuningdek, XVJ koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning rivoji bo‘yicha muqobil hamda pessimistik ssenariylarni ishlab chiqdi. Masalan, pandemiya 2020 yilning ikkinchi yarmida ham to‘xtamasligi mumkin, bu holda global iqtisodiyot yanada pastlaydi - joriy yil 6 foizga. Agar pandemiya 2021 yilda davom etsa, global YaIM ketma-ket ikkinchi yil pasayishi mumkin - yana 2,2 foizga.
2021 yilda, XVJ boshlang‘ich ssenariysiga ko‘ra, dunyo iqtisodiyoti pandemiyadan tez tiklanib, 5,8 foizga o‘sadi. Bu dunyoda 1980 yildan beri rekord darajadagi iqtisodiy o‘sish bo‘ladi.
XVJ O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishlari bo‘yicha yangi prognozlarini ham e'lon qildi. Unga ko‘ra, 2020 yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti o‘sish sur'ati 1,8 foizni tashkil qiladi. Lekin 2021 yilda 7 foizga chiqadi. Inflatsiya 12,6 foiz, kelgusi yilda 10,6 foiz bo‘lishi prognoz qilingan. Joriy to‘lov balansi esa -9,4 foizga tushib ketadi.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har ikki tomon ham yon berishi kerak - AQShning yangi davlat kotibi Ukrainadagi sulh haqida
Jahon | 15:12
-
O‘lim uchun “navbat kutish” – dunyodagi eng baland cho‘qqiga chiqish mashaqqatlari haqida
Jahon | 15:06
-
To‘qimachilik sanoatida qayta ishlash zanjiri rivojlantiriladi
O‘zbekiston | 15:04
-
Zelenskiy: Ukrainaga kamida 200 ming nafar tinchlikparvar kerak
Jahon | 14:28
Mavzuga oid
08:50 / 10.01.2025
O‘zbekistonda “yashil iqtisodiyot” fondi tashkil etiladi
21:28 / 19.12.2024
2025 yilda 43 milliard dollarlik investitsiya o‘zlashtirish ko‘zda tutilmoqda
21:11 / 19.12.2024
Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari e’lon qilindi
13:41 / 16.12.2024