Ölim uçun “navbat kutiş” – dunyodagi eng baland çöqqiga çiqiş maşaqqatlari haqida
|20:06 / 22.01.202512 77914 min
Dunyodagi eng baland Jamolungma çöqqisiga har yili 600-700 nafar odam kötariladi. Ularning örtaça 40 foizi alpinistlar, qolgani ularga yordam beradigan mahalliy aholi hisoblanadi. Aslida çöqqiga çiqiş uçun Nepalga köp odam boradi. Ularning aksariyati qiyin şaroitda çöqqiga çiqa olmaydi yoki yöllarda halok böladi.
Dunyoda ekstremal sport turlariga qiziquvçilar juda köp. Turli jarohatlar yoki boşqa köngilsizliklar ham ularni birmunça xavfli bölgan maşğulotlardan qaytara olmaydi.
Ayniqsa baland toğlardagi çöqqilarga çiqiş bilan şuğullanuvçi alpinistlarning maşğuloti juda xavfli. Bunda hatto hayot bilan vidolaşiş ham mumkin. Biroq şunday bölsa ham bunday sport turi bilan şuğullanuvçilar yetarliça bor.
Alpinistlar orasida eng maşhur joy – bu Nepal davlatida joylaşgan, dunyoning asosiy qismida Everest deb ataluvçi çöqqi hisoblanadi.
Har yili minglab odamlar bu çöqqiga kötariliş uçun Nepalga boradi va ularning bir qismiga Jamolungmaga çiqiş nasib etadi. Qolganlar unga çiqa olmaydi. Kimdir ortga qaytadi. Boşqasi oğir şaroitda halok böladi va jasadi toğlar tepasida qolib ketadi.
Everestga çiqiş yöllari
Tibetliklar Jamolungma deb deb ataydigan Everest çöqqisiga çiqiş uçun önga yaqin yönaliş bor. Har bir yönalişda bir neçtadan lager joylaşgan. Çöqqiga çiqmoqçi bölgan alpinistlar ana şu lagerlarda tunab qolişadi, dam olişadi va harakatni davom ettirişadi.
Jamolungma çöqqisiga çiqiş yönalişlari
Çöqqiga mahalliy aholi yordamisiz kötariliş juda qiyin. Alpinistlarga yölboşçilik qiladiganlar “şerp” deb ataladi va ular ma’lum haq evaziga çöqqiga çiqmoqçi bölganlarga kömaklaşadi.
Jamolungmaga birinçi bölib Yangi Zelandiya fuqarosi Edmund Hillari çiqqan. Unga mahalliy aholi vakili Tensing Norgey yordam bergan. Ular 1953 yil 29 may kuni çöqqi tepasiga çiqişgan.
Keyinçalik bu çöqqiga çiqiş har bir alpinistning orzusiga aylandi va har yili Nepalga minglab odamlar boradigan böldi.
Sönggi yillarda har yili Jamolungmaga 600-700 kişi çiqmoqda. Ularning yarmidan köpi alpinistlarga kömaklaşiş uçun ular bilan çöqqiga çiqqan mahalliy aholi vakillari hisoblanadi.
Mavzuga oid
“Ölim uçun navbat kutiş”
Jamolungma dunyo böylab sarguzaştlarni sevuvçilarni öziga jalb qiladi. Ular orasida nafaqat professional alpinistlar, balki nisbatan xavfsiz kötariliş va’da qilingan havaskorlar ham bor.
Aslida Jamolungmaga çiqişda xavfsiz kötarilişning mutlaqo iloji yöq. Dengiz sathidan 7-8 ming metr balandlikka çiqilgandan söng alpinistlarga ölim hamrohlik qiladi.
Bu yerda inson hayotiga osongina nuqta qöyişi mumkin bölgan xavf çöqqiga kötariliş boşlangandan böy körsata boşlaydi.
Alpinistlar çöqqiga çiqiş qançalik jiddiy va xavfli ekaninini faqat “ölim hududi” deb ataladigan joyda – dengiz sathidan 8000 metrdan ortiq balandlikka çiqqanida tuşunadi. Öşa joygaça çiqib bora olsa, albatta.
Jamolungmaning bu hududida ortga qayta olmaganlarning “qabristoni” bor. U joyni qabriston deb ham bölmaydi. Şunçaki, jasadlar soçilib yotgan joy.
Ayrimlar çöqqi tepasiga çiqişga ulgurmasdan jon bergan. Boşqalari qaytib tuşiş vaqtida hayot bilan vidolaşgan. Jasadlar orasida turli yoş va jinsdagi odamlar – ayollar, yoşlar va keksalar ham bor.
Fojiali 1996 yil va “Yaşil etiklar” manzili
Çöqqiga çiqayotgan guruhlar köpinça “Yaşil etiklar” deb ataladigan joyni möljal olişadi. Şu joyga yetib oliş qariyb çöqqiga çiqiş degani. Bu joy “Yaşil etiklar” deb nom olişining öz tarixi bor.
Agar baland toğning öşa joyi etik şakliga öxşagani uçun şu nomni olgan deb öylasangiz adaşasiz. Aslida bu nom çöqqiga çiqişda halok bölgan alpinist bilan boğliq.
Gap şundaki, 2001 yilda fransiyalik alpinist Piyer Paperon Jamolungmaga qariyb yaqinlaşgan paytda, çöqqi ostida joylarni videoga oladi. Şunda öşa atrofdagi qor ostidan çiqib turgan yaşil etiklar ham kadrga tuşib qoladi.
Yaşil etikli hind
Foto: kenh14.vn
Etiklar 1996 yilda çöqqiga çiqişda vafot etgan alpinistlardan birining oyoğida bölgan. U halok bölgandan söng tanasini qor uyumi kömgan va yaşil etik kiygan oyoği oçilib qolgan edi.
Paperonning videosi tarqalgandan söng çöqqiga kötarilayotganlar halok bölgan alpinist xotirasiga hurmat bajo keltiriş uçun öşa joyga “Yaşil etiklar” deb nom berişadi.
1996 yil may oyida Jamolungmada juda noqulay ob-havo hukm suradi va bu çöqqiga kötarilayotgan bir qança alpinistlarning ommaviy ölimiga sabab böladi. Vafot etganlar orasida taniqli tadbirkorlar Rob Xoll va Skott Fişer ham bölgan.
Öşanda tadbirkorlar guruhi bilan birga çöqqiga boşqa tomondan uç nafar hindistonlik ham çiqadi. Öşa kuni ob-havo yomon, qor böroni bölayotgandi. Alpinistlar guruhi mahalliy vaqt bilan soat 15:45 da çöqqiga çiqqanini ma’lum qiladi. Pastdagilar uçun bu noxuş xabar edi.
Çunki lagerga tirik qaytiş uçun çöqqidan tuşiş soat 14:00 dan keçiktirmasdan boşlanişi kerak edi. Guruh esa 16:00 da ham çöqqi tepasida edi.
Guruhdagi alpinistlarning heç biri 8 300 metr balandlikda joylaşgan lagerga qaytmaydi. Öşa kuni marşrutda bölgan boşqa guruhlar hindlarni ham, ikki tadbirkorni ham körgan yoki körmagani noma’lum.
Jamolungma çöqqisi ostidagi lagerlardan biri
Foto: alamy.com
Hindlardan biri Sevang Paljor Koflach kompaniyasining yaşil rangli etigini kiyib olgandi. Keyinçalik Piyer Paperonning videosi tarqalgaç bedarak yöqolgan deyilgan Sevang Paljorning jasadi çöqqi ostida qolib ketgani ma’lum böladi. Ba’zilar yaşil etik Sevang bilan çöqqiga çiqqan boşqa hindga tegişli ekanini aytişgan.
“Ölim hududi” va Devid Şarpning ölimi
“Ölim hududi” Jamolungma çöqqisi ostida, dengiz sathidan 8 300 metr balandlikda joylaşgan. Bu joyning öz qonunlari bor. Agar alpinist bu yerda heç bölmaganda hamkasblarining yordami bilan harakatlana olmasa muqarrar halokatga uçraydi.
Bunday vaziyatda guruhda harakatlana olmay qolgan odam nafaqat özini, balki şeriklarini ham halok qilişi mumkin. Çunki jarohatlangan odamni pastga olib tuşiş boşqalarning ham halok bölişiga olib kelişi mumkin.
Şu sababli ham agar kimdir 8 000 metrdan yuqorida hayot uçun xavfli jarohat olsa va harakatdan qolsa, guruhdagilar öz hayotini saqlab qoliş uçun uni taşlab ketişga majbur böladi.
Ana şunday hodisalardan biri angliyalik Devid Şarp bilan sodir bölgan. U 2006 yil may oyida Jamolungmaga uçinçi marta kötariladi. Devid pastga qaytib tuşayotganda kislorod zaxirasi kam qolgandi. Şu sababli u “Yaşil etiklar” manzilida tin oliş uçun töxtaydi va çözilib yotib qoladi.
Foto: columbia.edu
Öşa paytda uning yonidan 40 ga yaqin alpinistlar ötib ketadi. Biroq ular Devidning tirikligini, şunçaki kislorod zaxirasi kamligi uçun çarçab yotib qolganini bilişmaydi. Alpinistlar uni ölgan deb öylaşadi.
Devid biroz kuç töplaydi va amallab sal pastda joylaşgan lagergaça tuşib keladi. Biroq u juda holdan toygandi. Devidni telejurnalistlarni öz içiga olgan guruh kutib oladi. Şu joyda Devid jon beradi. Telejurnalistlar uning sönggi sözlarini yozib olişadi: “Mening ism-şarifim Devid Şarp... Qattiq uyqum kelyapti”.
Devidning ölimi alpinistlar orasida keng muhokamalarga sabab böladi. Uni qutqarib qoliş mumkinmidi degan savol qizğin bahs-munozaralarni keltirib çiqaradi. Köpçilik Devidning ölimga olib keladigan jiddiy jarohati yöqligini va yetarli darajada kislorod bilan ta’minlaş uning hayotini saqlab qolişi mumkinligini aytadi.
Biroq çöqqi atrofida hamma öz jonini asraşni öylar ekan, öşa kuni angliyalikning oldidan ötib ketgan odamlar hatto uning tirikligini bilganda ham Devidga kislorod bera olmasdi. Çunki dengiz sathidan 8 000 metr balandlikda eng qimmatli narsaga aylanuvçi kislorod yordam bermoqçi bölgan alpinistning öziga ham kerak. Aks holda u ham halok bölişi mumkin.
Alpinistlar yura olmay qolgan Devidni sudrab ham olib tuşolmasdi. Çunki bu iş guruhdagilarning hayotini xavf ostiga qöyardi. Qisqasi, dengiz sathidan 8 300 metr balandlikda turgan va pastga tuşiş uçun şoşilayotgan odamlar Devidni qutqariş uçun öz maqsadlarini qurbon qilişga tayyor emas edi.
Foto: 8264.com
Yölboşçi va jasad kömuvçi şerplar
Yuqorida aytildi, Jamolungma çöqqisiga çiqmoqçi bölgan alpinistlar yölboşçi şerplarni yollaşadi. Çöntagi baquvvatroq bölganlari hatto ikki va uç nafar şerp yollaşi ham mumkin.
Ötgan asrning 50-yillaridan boşlab çöqqiga çiqadiganlarga yordam berib kelgan şerplar keyingi yillarda yaxşi haq evaziga boşqa işlarni ham bajaradigan bölişdi.
Masalan, çöqqi ostida qolgan va pastga olib tuşişning imkoniyati bölmagan ayrim jasadlarni panaroq joyga olib ötib, kömib tuşiş. Ayrimlar bu iş uçun çöqqiga çiqmoqçi bölgan alpnistlar tölayotgan pullardan ham köproq mablağ berişadi.
Masalan, Devid Şarpning jasadini ham şunday qilişadi. U halok bölgandan söng oradan bir yil ötgaç Devidning qarindoşlari katta pul evaziga maxsus guruh yollaşadi. Guruh tepaga kötarilib, uning jasadini alpinistlar yuradigan yöldan çetroqqa dafn etadi.
Ana şunday xizmat 1998 yilda eri bilan Jamolungmaga kötarilib halok bölgan alpinist ayol Frensis Arsentevaga ham körsatilgan.
Foto: 022net.com
2007 yilda ayolning qarindoşlari yaxşigina haq evaziga “Uxlayotgan gözal” deb nom olgan Frensisning jasadini alpinistlar yuradigan yöldan çetroqqa oliş uçun maxsus guruhni yollaşadi. Guruh tepaga kötariladi va ayolning jasadini avval Amerika bayroği bilan öraydi. Söng uni toğ qoyasidan pastga uloqtirişadi.
“Yaşil etikli” hindga kelsak, bir neça yildan söng alpinistlar uning jasadini plyonkaga öraşadi. Söng çetroqqa olib, ustini toşlar bilan yopişadi. Biroq kuçli şamol toşlarni surib taşlagan va u yana körinib qolgan.
Bugungi kunda Jamolungma çöqqisi ostida qança jasad borligi aniq emas. Turli hisob-kitoblarga köra, ularning soni 180 dan 280 gaça. Tepada ular sovuq tufayli çirimaydi. Şu sababli 50-60 yildan buyon turgan jasadlar ham bor.
Jamolungma haqida qiziqarli ma’lumotlar
Jamolungma çöqqisi Xitoyga tegişli Tibet va Nepal örtasida, Nepal hududida joylaşgan. Xitoy tomondagi yönalişlar yopiqligi uçun alpinistlar çöqqiga Nepal orqali çiqadi.
Jamolungmaga çiqmoqçi bölgan alpinist çöqqiga kötariliş uçun Nepal hukumatining roziligini olişi va 10 ming dollar tölaşi kerak. Umumiy hisobda bitta guruhning çöqqiga çiqib tuşişiga alpinistlarning soniga qarab 100 ming dollar ketişi mumkin.
Foto: Shutterstock
Tibetliklar Jamolungma, dunyoning asosiy qismi Everest deb nomlaydigan çöqqi Nepalda Sagarmatxa deb ataladi.
Ba’zida çöqqi tepasida şamolning tezligi sekundiga 200 metrga yetadi va kuçli qor böronlariga sabab böladi.
Jamolungmaga Everest nomini 1865 yilda britaniyalik Jorj Everest qöygan. Jorj geograf va kartograf bölgan va Hindistonning töliq kartasini ilk marta u çizgan.
Alpinistlar çöqqiga çiqiş uçun kamida 2 oy vaqt sarflaydi. Bu muddatda ular eng avval çöqqiga çiqiş yölidagi birinçi lagerda iqlimga moslaşiş jarayonidan ötadi. Bu paytda ular tanadagi yoğ va suvning kamayişi hisobidan örtaça 15 kg ozadi.
Everestga çiqqan birinçi ayol yaponiyalik Dzyunko Tabey bölgan. U 1975 yil 16 may kuni çöqqiga kötarilgan. Yevropalik ayollardan birinçi bölib Jamolungmaga 1978 yil polşalik Vanda Rutkeviç çiqqan.
Çöqqini eng keksa yoşda zabt etgan inson yaponiyalik Yuitiro Miura böladi. U 2013 yilda Jamolungmaga çiqqanda 80 yoşda bölgan.
Çöqqini zabt etgan eng yoş alpinist amerikalik Jordan Romero hisoblanadi. U 2010 yilda 13 yoş 10 oyligida Jamolungmaga çiqqan.
Lagerlar atrofi çiqindilarga tölib ketgan
Foto: tvannapurna.com
Har yili Jamolungmaga çiqmoqçi bölgan alpinistlar çöqqi ostida 50 tonna atrofida çiqindi qoldiradi. Şu sababli Nepal hukumati ortga qaytib tuşayotgan har bir alpinist özi bilan 8 kg çiqindi olib tuşişi kerakligini belgilab qöyibdi. Bu talabga böysunmaganlar 4 ming dollar jarimaga tortiladi.
2006 yilda Jamolungmaga çiqqan britaniyalik Polin Sanderson va Fil Sanderson çöqqiga birga çiqqan birinçi er-xotinlar hisoblanadi.
Jamolungma çöqqisi ostida qariyb 250 kişi halok bölgan. Jasadlarning aksariyati odamlar qayerda jon bergan bölsa öşa joyda qolib ketgan.
Tektonik harakatlar tufayli Jamolungma har yili 4 millimetrdan ösib bormoqda.