Dunyoga o‘zining bir necha turdagi sifatli va zamonaviy maishiy texnikalari bilan mashhur bo‘lgan Hisense kompaniyasi O‘zbekistonga gumanitar yordam jo‘natdi
2020 yilning 15 aprel kuni O‘zbekistonga Xitoy Xalq Respublikasidan maxsus reys orqali COVID-19 koronavirusga chalingan bemorlarni davolash va profilaktika qilishda ishlatish uchun har xil turdagi texnika va jihozlar yetib keldi.
Ushbu yuk O‘zbekistonga dunyoga mashhur Hisense kompaniyasi xamda uning O‘zbekistondagi hamkori «Tashkent Trade Center» kompaniyasi tomonidan XXRning ilg‘or sifatli meditsina mahsulotlari va vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalaridan sotib olinib beg‘araz yordam sifatida yuborilgan.
Yuk tarkibida koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar uchun 50 000dan ortiq maxsus KN-95 turdagi niqob va maxsus kiyimlar, bemorlar uchun zamonaviy koykalar, IVL apparatlari, masofali infraqizil diapazonda ishlovchi termometrlar hamda eng zamonaviy texnologiyalar asosida yasalgan, inson tana haroratini o‘lchab uning yuzini idensifikatsiya qiladigan maxsus geytlar olib kelindi.
Ushbu geytlar odamlarni maxsus niqob kiygan holatidayam shaxsni va uning tana xaroratini aniqlay oladi va kundalik ma'lumotlarni aniq vaqtlari bilan ro‘yxatga olib boradi.
Ushbu beg‘araz yordam O‘zbekistonda hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan va qurilayotgan kasalxonalarga tarqatiladi.
Yuborilgan jihozlar, koronavirusga qarshi samarali qo‘llanilishi va ushbu pandemiyani yengib o‘tish uchun katta yordam bo‘lishi, shubhasiz.
Mavzuga oid
14:10 / 07.04.2024
G‘azoda o‘lgan g‘arblik oshpazlar. Ular kim edi?
18:51 / 15.09.2023
O‘zbekistonga eng ko‘p gumanitar yordam yuborgan uchta davlat ma’lum qilindi
20:26 / 08.02.2023
Toshkentda zilziladan talafot ko‘rgan turkiyaliklarga yordam yig‘ilmoqda
11:01 / 08.06.2022