Ispaniya Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT) tizimi orqali Kubaga oziq-ovqat va eng zarur tibbiy mahsulotlar körinişida gumanitar yordam taqdim etadi. Bu haqda duşanba kuni, 16 fevralda Ispaniya TIV Madriddagi uçraşuvdan söng ma’lum qildi. Uçraşuvda Ispaniya taşqi işlar vaziri Xose Manuel Albares kubalik hamkasbi Bruno Rodriges bilan muzokara olib borgan.
Rodriges X ijtimoiy tarmoğida Ispaniya va Kuba “ikki davlat manfaatlari yölida siyosiy, iqtisodiy va savdo muloqotini, şuningdek hamkorlikni mustahkamlaş” niyatida ekanini yozdi. Avvalroq Kuba Meksikadan 800 tonna gumanitar yordam olgan edi. Ötgan hafta bu yuklar orol davlatiga ikki harbiy kema orqali yetkazib berilgan.
Kubadagi iqtisodiy va energetik inqiroz AQŞ tomonidan neft yetkazib berişning bloklanişi sabab sezilarli darajada kuçaydi. Qöşma Ştatlarning Kubaning eng muhim neft yetkazib beruvçisi va eng yaqin ittifoqçisi bölgan Venesuelaga hujumi hamda uning rahbari Nikolas Maduroning qölga olinişi ortidan Karakas kubaliklarga neft yetkazib berişni töxtatdi.
Yanvar oxirida AQŞ prezidenti Donald Tramp Kubani “AQŞ milliy xavfsizligiga istisno darajadagi tahdid” deb atadi va Havanaga neft yoki neft mahsulotlarini yetkazib berişda davom etadigan barça davlatlarga jarima bojlarini joriy etiş bilan tahdid qildi.
13 fevral kuni BMT Kubadagi inqiroz tobora çuqurlaşib borayotgani yuzasidan xavotir bildirdi. Aholisi 10,9 million bölgan orol davlat tez-tez elektr uzilişlari, şuningdek oziq-ovqat va dori-darmon tanqisligiga duç kelmoqda. Şu munosabat bilan hukumat favqulodda çoralarni, jumladan yonilği savdosiga çeklovlar va jamoat transporti sohasida qisqartirişlarni joriy etdi.
Sönggi ikki yil içida Kuba Xitoy kömagida quyoş elektr stansiyalari qurilişini kengaytirişga katta mablağ yönaltirgan bölsa-da, ulardan olinayotgan samaradorlik mamlakatning elektr energiyasiga bölgan ehtiyojini qondirişdan yiroq. Orolning energiya ta’minoti hamon sovet davridan qolgan, işonçliligi past issiqlik elektr stansiyalariga boğliq.
Bu esa Havananing energiya taşuvçilarni import qilişga qattiq ehtiyoj sezayotganini anglatadi. Mamlakatning özida işlab çiqariladigan mazut ehtiyojning taxminan 40 foizini qoplaydi, u benzinga qayta işlanmaydi va faqat elektr stansiyalari uçun işlatiladi.













