Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lufthansa bir yarim yilga Airbus A340 samolyotlaridan foydalanishdan voz kechdi
Aviakompaniyada jami 17 dona Airbus A340-600 samolyoti bo‘lib, ularning barchasi yaqin 2-3 oy ichida Terueldagi turargohga joylashtiriladi.

Foto: Getty Images
Koronavirus sababli Lufthansa aviakompaniyasi bir yoki bir yarim yilga uzoq masofaga mo‘ljallangan Airbus A340-600 samolyotlaridan foydalanishdan voz kechdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ana shu turdagi uchta samolyot Terueldagi ulkan samolyotlar turargohiga yo‘l oldi.
Aviakompaniyada jami 17 dona Airbus A340-600 samolyoti bo‘lib, ularning barchasi yaqin 2-3 oy ichida Terueldagi turargohga joylashtiriladi.
Teruelda bir yilda o‘rtacha 240 kun quyoshli bo‘lgani va yog‘ingarchilik kamligi bois bu hudud samolyotlarni uzoq vaqt davomida saqlash uchun qulay hisoblanadi, deb izohladi avikompaniya.
Fevral oxirida Lufthansa parvozlar bekor bo‘lgani sababli xarajatlarni qisqartirishini ma'lum qilgandi. Aprel boshida aviakompaniya 87 ming nafar xodimining ish soatini qisqartirdi. 8 aprel kuni esa Germanwings loukosterini yopishga qaror qildi.
Mavzuga oid

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025