O‘zbekiston | 13:10 / 16.04.2020
14676
2 daqiqa o‘qiladi

Parlamentda O‘zbekistonning YeOII bilan integratsiyalashuvi masalalari ko‘rib chiqilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 16 aprel kungi yalpi majlisida O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan integratsiyalashuvi masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Bugun, 16 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi o‘tkazilmoqda. Yig‘ilishda mamlakat hayotiga oid bir qancha muhim masalalar ko‘rib chiqilmoqda.

Unga ko‘ra, yig‘ilish kun tartibida quyidagi masalalar o‘rin olgan: 

  • O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlislarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishga doir chora-tadbirlar tadbirlar;
  • O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan integratsiyalashuvining tashqi savdo, bojxona ta'rif tizimini tartibga solish, budjet, bank va moliya sohasi, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari rivojlanishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar;
  • «O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi QL-643-sonli O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish);
  • Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish masalalari.

Kun.uz manbasi xabariga ko‘ra, majlisda Bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov onlayn tarzda ishtirok etmoqda.

Vazirlar O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan integratsiyalashuvi masalasida deputatlar savollariga javob qaytarmoqda.

Mavzuga oid