Jahon | 20:15 / 16.04.2020
25710
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda MiG-31 samolyoti halokatga uchradi

Halokat Qarag‘anda shahri yaqinida jangovar navbatchilikka tayyorgarlik bo‘yicha rejali parvozni amalga oshirish vaqtida sodir bo‘lgan.

Foto: RIA Novosti

Qarag‘anda aeroporti yaqinida Qozog‘iston harbiy-havo kuchlariga qarashli MiG-31 samolyoti qulab tushdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi xabar berdi.

Xabar qilinishicha, ekipaj katapulta yordamida samolyotni tark etgan, uchuvchilar tirik qolgan.

Halokat Qarag‘anda shahri yaqinida jangovar navbatchilikka tayyorgarlik bo‘yicha rejali parvozni amalga oshirish vaqtida sodir bo‘lgan.

"Parvozdan so‘ng dvigatellarning birida yong‘in yuz bergan. Samolyotni tark etish to‘g‘risidagi buyruqdan so‘ng uchuvchilar uni aholi punktidan uzoqqa, dala tomon yo‘naltirgan", - deyiladi mudofaa vazirligi xabarida.

Hodisa sabablarini o‘rganish uchun maxsus komissiya tayinlangan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid