Bu yilgi boş mukofot yaponiyalik fotosuratçi Yasuyosi Tibaga nasib etdi. AFP uçun u Sudandagi norozilik namoyişlarini suratga olgan. Namoyişçilar mamlakatni 1993 yildan beri boşqargan va 2019 yil 11 aprelda hokimiyatdan çetlaştirilgan prezidentning iste'fosini talab qilişdi.
Eng yaxşi foto

Sudandagi norozilik namoyişlari 2018 yilda non narxi keskin kötarilişi ortidan boşlandi. Keyinçalik namoyişçilar mamlakatni 1993 yildan beri boşqarib kelgan prezident Umar al-Başir iste'fosini talab qila boşladilar. 2019 yil 11 apreldagi harbiy töntariş natijasida u lavozimini yöqotdi va hibsga olindi, ammo norozilik namoyişlari şu bilan töxtamadi: fuqarolar hokimiyatni fuqarolik hukumatiga berişni talab qilişdi. May oyida Sudan harbiy kengaşi hamda «Ozodlik va özgarişlar uçun» muxolif alyansi vakillari mamlakatda uç yillik ötiş davri örnatişga kelişib oldi. Bu vaqt içida hokimiyat yangi saylangan siyosatçilarga topşirilişi kerak. Uşbu iş «Yangiliklar» toifasida boş mukofotni qölga kiritdi.
Eng yaxşi fotoreportaj

Yoş jazoirliklar va ularning «Birodar, qözğolon qanday boşlandi» norozilik harakatidagi iştiroki haqida fotoreportaj.
YuNESKO hisobotiga köra, Jazoirda 30 yoşgaça bölgan yoşlarning 72 foizi işsiz. Lorendo şaharning işçi tumanlarida yaşovçi Jazoir yoşlari vakillarini suratga olgan holda fotoloyihasi ustida beş yil işladi. Ularning aksariyati, futbol va fanatlik madaniyati bilan qiziqib, «ultras»ga aylanadi hamda köpinça norozilik namoyişlarida qatnaşadi. «Men özimni bu yoşlarga öxşata olmadim. Ular yoş, ammo ular bu vaziyatdan çarçagan va boşqa odamlar kabi yaşaşni xohlaydi», - dedi Lorendo ular haqida. Asar «Loyihalar» nominatsiyasida ham ğolib böldi
Zamonaviy muammolar. Asosiy mukofot

Körgazma kunining oxirida IDEX xalqaro qurol körgazmasining iştirokçisi ikkita granatomyotni olib ketmoqda. Abu-Dabi, BAA. 2019 yil 18 fevral. IDEX - Yaqin Şarqda eng yirik mudofaa körgazmasi va anjuman, şuningdek, dunyodagi eng yirik qurol yarmarkalaridan biri. Qança kişi taşrif buyurgani haqidagi rasmiy ma'lumotlar e'lon qilinmaydi
Zamonaviy muammolar. Fotoreportaj. Asosiy mukofot

«Tolibon» jangarilari haqidagi «Köp yillik uruş» fotoloyihasi. Suratda Abdul Rahmon (20 yoş; örtada) Şarqiy Afğonistonning Xogyani tumanida bir guruh jangarilar bilan aylanib yuribdi. Jangarilar otryadiga qöşilişdan oldin u dehqon edi va bombani zararsizlantiriş paytida qölini yöqotgan.
AQŞning Afğonistonga bostirib kirganidan ön sakkiz yil ötib, toliblar hali ham mamlakat yarmini nazorat qilmoqda. 2019 yil yanvar oyida boşlangan tinçlik muzokaralari sulh bilan yakunlanmadi va harbiy harakatlar yanada kuçaydi. Tinçlik va iqtisodiyot instituti tomonidan 2019 yil iyun oyida e'lon qilingan hisobotda Afğoniston Suriyaning örnini egallab, dunyodagi «eng tinç bölmagan» mamlakat deb topildi
Atrof muhit. Asosiy mukofot

Oq ayiq va uning bolasi Şimoliy Muz okeanining markaziy qismida arktik iqlim özgarişlari ta'sirini örganayotgan ilmiy ekspeditsiyaning bir qismi bölgan kema yaqinida. «Polarştern» ekspeditsiyaning markaziy kemasi bölib, u juda past haroratda işlaşga va qalin muzliklardan ötib keta olişga möljallangan, bu 100ga yaqin tadqiqotçilar va ekipaj a'zolarining yil davomida işlaşiga imkon beradi. Atmosfera, okean, dengiz muzlari, ekotizimlar va biogeokimyo haqida olingan ma'lumotlar global iqlim tadqiqotlariga kiritiladi
Atrof muhit. Fotoreportaj. Boş mukofot

«Çiqindining oxiri» fotoreportaji. Amager Bakke - Kopengagen (Daniya) yaqinidagi eski zavodni almaştirgan, çiqindini energiyaga qayta işlaydigan zavod. Rejaga köra, zavod kamida 60 mingta uyni energiya bilan ta'minlaş va 72 mingtasini isitişda yordam beradi. Filtrlaşning ilğor texnologiyasi zararli azot oksidlari çiqarilişini deyarli nolga kamaytiradi
Yangiliklar. Fotoreportaj. Asosiy mukofot

«Honkongdagi tartibsizliklar» fotoreportaji. Honkongda norozilik namoyişlari 2019 yil mart oyi oxirida hukumatning amaldagi qonunçilikka özgartiriş kiritiş va Xitoyning materik qismiga ekstraditsiya qilişga ruxsat beriş töğrisidagi takliflariga javoban boşlandi. Keyingi haftalarda hukumatga qarşi namoyişlar faollaşdi. 12 iyun kuni ön minglab kişilar Qonunçilik kengaşi binosi oldida tuzatişlar böyiça debatlar arafasida töplanişdi va politsiya tomonidan şafqatsiz ravişda tarqatib yuborildi. 1 oktabr kuni, Xitoy Xalq Respublikasi e'lon qilinganining 70 yilligi nişonlanadigan kun, politsiya namoyişçilarni birinçi marta jangovar patronlar bilan öqqa tutdi. Oxir-oqibat, qonun loyihasi qaytarib olindi, ammo namoyişçilar öz talablarini kengaytirdi, ular orasiga ilgari hibsga olingan namoyişçilarni ozod qiliş ham kiritildi. Tartibsizliklar yil oxirigaça davom etdi
Tabiat. Boş mukofot

«Sönggi vidolaşuv» loyihasi «Tabiat. Fotoreportaj» yönalişida ğolib böldi. Suratda Subulussalam şahri (Sumatra, Indoneziya) yaqinida qutqaruv guruhining jarrohlik stolida bir oylik orangutangning jasadi. Hayvon yaralangan onasi bilan palma moyi plantatsiyalarida topilganidan köp ötmay nobud böldi. Qutqaruvçilar Xoup deb nom bergan orangutang bolasining onasi kör, suyaklari singan holatda va 74ta öqdan jarohat bilan topilgan. Unga qişloq aholisi boğlaridan meva yeganida öq uzişgan.
Orangutanglar dunyodagi faqat ikkita orolda - Sumatra va Borneoda yaşaydi hamda ular tabiiy yaşaş joylaridan siqib çiqarilmoqda. Butunjahon yovvoyi tabiat jamğarmasi ma'lumotlariga köra, dunyoda atigi 14 mingta Sumatra orangutanglari qolgan. Urğoçi orangutanglar sakkiz-töqqiz yilni har bir bolasini tarbiyalaşga sarflagani sababli, populyatsiya tezda kamaymoqda
Portretlar. Boş mukofot

Yaqinda «Tinçlantiriş sindromi» tufayli katatonik holatdan xalos bölgan 15 yoşli arman qizi Yeva Polşaning Podkove-Lesne şahridagi qoçqinlarni qabul qiliş markazida ota-onasi qurşovida nogironlar aravaçasida ötiribdi. Tinçlantiriş sindromi bemorlarni passiv, harakatsiz, gapirmaydigan, yeb-içişga qodir bölmaydigan, jismoniy stimullarga qarşi holatga keltiradi. Sindrom qoçqin bolalar orasida keng tarqalgan bölib, birinçi marta 1990-yillarning oxirlarida qayd etilgan. Oğir zöravonliklar - oilalari öta xavfli muhitdan qoçgan, ota-onasiga qarşi zörlik holatlarning guvohi bölgan bolalarda eng köp uçraydi. Remissiya va asta-sekin normal hayotga qaytiş hayot şaroitlari barqarorlaşgandan keyin sodir böladi. Yeva oilasi Şvetsiyadan boşpana olişga uringanda sindromga çalindi, ular Polşaga deportatsiya qilinişi kerak edi, u yerdan esa Armanistonga qaytarib yuborişlari ehtimoli bor. Qizning kasalligiga qaramay, oila baribir Polşaga deportatsiya qilindi, sakkiz oydan keyin Yeva töliq soğayib ketdi
Portretlar. Fotoreportaj. Boş mukofot

«Öğirlanganlar» loyihasi. Suratda 2014 yilda IŞID tomonidan öğirlab ketilgan va 2019 yil boşida Iroq Kurdistonining Doxuk şahridagi Hanka majburiy köçirilganlar lagerida ozod qilingan 11 yoşli Rezan tasvirlangan.
IŞID Iroq şimolidagi Mosul atrofidagi hududdan çekingandan söng minglab mahbuslar ozod qilindi. Fotosuratçi Iroq şimolidagi qoçqinlar lagerlarida, IŞID jangarilaridan jabrlangan yozidlar va boşqalarning suratlarini oldi. Yozidlar jangarilar tomonidan şaytonga ibodat qiluvçilar deb qabul qilinadi. Jangarilar 2014 yil Iroq şimolida yozidlarning yerlarini bosib olganida, 5 mingga yaqin erkak öldirildi, ayollar va qizlar öğirlab ketildi hamda jinsiy qullikka majburlandi, öğil bolalar esa bölajak askarlar sifatida öqitildi. 500 mingga yaqin yozidlar qoçişga majbur böldi
Sport. Boş mukofot

Milliy basketbol assotsiatsiyasining (MBA) pley-off bosqiçi Şarqiy konferensiyasi yarim finalining yettinçi öyini. «Toronto Reptors» öyinçisi ğalaba töpini kiritmoqda
Sport. Fotoreportaj. Boş mukofot

«Qayta tirilganlar» fotoreportaji. Paradise Bobcats öyinçilari öz şaharlarini vayron qilgan örmon yonğinidan keyin birinçi öyinlariga tayyorgarlik körişmoqda. Paradayz (Kaliforniya, AQŞ) kiçik qişloğidan bölgan futbol jamoasi a'zolari jamoani tiklaş va yangi mavsumni boşlaş uçun öz maydonlariga qaytişdi. Yonğin Kaliforniya tarixidagi eng vayronakor örmon yonğiniga aylandi. Paradayz deyarli butunlay yonib ketdi, ammo örta maktabdagi regbi maydoniga zarar yetmadi
Tezkor yangiliklar. Boş mukofot

Jazoirda talabalarning hukumatga qarşi namoyiş paytida politsiya bilan töqnaşuvi.
Jazoirda norozilik namoyişlari fevral oyida boşlandi. Ularning dastlabki maqsadi mamlakatni 1999 yildan beri boşqarib kelgan 81 yoşli Abdel Aziz Buteflikani hokimiyatdan ağdariş edi. Aprel oyida Buteflika iste'foga çiqib, hokimiyatni harbiylar tomonidan boşqariladigan muvaqqat hukumatga topşirdi, ammo namoyişlar davom etdi. Namoyişçilar 4 iyulga belgilangan prezidentlik saylovlarini bekor qiliş hamda demokratiyaga qaytişni talab qildilar. Norozilik namoyişlari 2020 yilda ham davom etdi
Tezkor yangiliklar. Fotoreportaj. Boş mukofot

10 mart kuni, parvozdan bir neça daqiqa ötgaç, Ethiopian Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 MAX 8 yölovçi samolyoti quladi. U Addis-Abeba - Nayrobi yönalişi böyiça rejalaştirilgan parvozni amalga oşirayotgandi. Samolyot bortidagi barça 157 kişi halok böldi. Aviahalokatdan bir hafta ötib, dafn marosimi bölib ötdi. Halokatdan sakkiz oy ötgaç, 14 noyabr kuni hodisa joyiga tuproq tökildi, qurbonlarning aniqlanmagan jasad qoldiqlari esa kömildi. Aviahalokatga uşbu seriyadagi samolyotlarning texnik nosozligi sabab bölgan.











