O‘zbekiston | 12:05 / 17.04.2020
4031
5 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq holatlar soni 72 mingdan oshdi

Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda

Foto: KUN.UZ

Karantin tadbirlari e'lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 72 265ta holat aniqlangan. 

Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, ular:

  • Toshkent shahrida – 12 742 ta holat; 
  • Farg‘ona viloyatida – 11 170 ta holat;
  • Toshkent viloyatida – 10 504 ta holat;
  • Samarqand viloyatida – 6 522 ta holat;
  • Sirdaryo viloyatida – 5 066 ta holat;
  • Qashqadaryo viloyatida – 4 784 ta holat;
  • Namangan viloyatida – 4 113 ta holat;
  • Andijon viloyatida – 4 001 ta holat;
  • Buxoro viloyatida – 2 983 ta holat; 
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 2 614 ta holat;
  • Xorazm viloyatida – 2 449 ta holat;
  • Jizzax viloyatida – 2 273 ta holat;
  • Surxondaryo viloyatida – 2 328 ta holat;
  • Navoiy viloyatida – 716 ta holatni tashkil etmoqda.

Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.

16 aprel kuni Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani, “Qaxramon” mahallasi, Oybek ko‘chasida yashovchi 1981 y.t. U.B., Forish tumani, “O‘zbekiston” mahallasi, Do‘stlik ko‘chasida yashovchi 1999 y.t. E.J., Buxoro viloyati, Kogon tumani, “Ubachuli” mahallasi, “Tangit” qishlog‘ida yashovchi 1966 y.t. S.B., Romitan tumani, “Xo‘jaubbon” mahallasi, “Xo‘jaubbon” qishlog‘ida yashovchi 2001. y.t. A.O., Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani, “Umr bunyodkori” mahallasida yashovchi 1976 y.t. X.G., Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumani, “Navro‘z” mahallasi, Urganch ko‘chasida yashovchi 1971 y.t. U.X., Bo‘zatov tumani, “Aspantay” ovulida yashovchi 1978 y.t. N.X.lar jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilganlar.

16 aprel kuni Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumani, X.Olimjon ko‘chasida yashovchi 1978 y.t. K.G. 15 aprel kuni karantinga olingan bo‘lsa-da, o‘zboshimchalik bilan karantindan chiqib ketganligi uchun Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

16 aprel kuni Samarqand viloyati, Urgut tumani, A.Miron ko‘chasida yashovchi 1992 y.t. O.T. ruxsatnomasiz o‘z transportida bemaqsad yurganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

16 aprel kuni Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Muqanna ko‘chasida yashovchi 1977 y.t. J.Z., Samarqand shahrida yashovchi 1994 y.t. O‘.Q.lar o‘z velosipedlarida bemaqsad yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilib, velosipedlari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

15 aprel kuni soat 12:45da Guliston shahar, “Ibratli” mahallasi, Obodlik ko‘chasida yashovchi 1974 y.t. F.Q. karantin qoidalarini buzib, mayda bezorilik sodir qilganligini uchun unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54- va 183-moddalari asosida Ma'muriy ishlar bo‘yicha Guliston shahar sudi tomonidan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

15 aprel kuni 16:45 da Guliston shahar, “Navbahor” mahallasi, S.Alimov ko‘chasida yashovchi 1982 y.t. Yo.X. karantin qoidalarini buzib, mast xolda mayda bezorilik sodir qilganligini uchun unga nisbatan unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-, 183-, 187- va 194-moddalari asosida Ma'muriy ishlar bo‘yicha Guliston shahar sudi tomonidan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

16 aprel kuni Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, “Qorasuv” mahallasi, Qorasuv ko‘chasida yashovchi 1970 y.t. A.I. “Navoiy” mahallasidagi o‘ziga tegishli bo‘lgan “Anvar somsa” nomli choyxonasiga fuqarolarni kiritib, ularga xizmat ko‘rsatayotganligi aniqlangan va unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan jazo chorasi ko‘rilgan.

Mavzuga oid