Ijtimoiy tarmoqlarda şaxsiy fikri va tanqidiy mulohazalari bilan tanilgan blogerlar Qobil Xidirov (davletovuz) hamda Otabek Bakirov (bakiroo) pandemiya va inqiroz masalasida Kun.uzʼga intervyu berdi.

16 aprel kuni taşkil etilgan onlayn muloqotda pandemiya tufayli aholi turmuşida yuzaga kelgan muammo va qiyinçiliklar haqida bordi. Şuningdek, suhbat davomida hukumat tomonidan qabul qilingan inqirozga qarşi kuraş çora-tadbirlari ta'sirçanligi muhokama etildi.

Quyida suhbatda bildirilgan fikrlardan ba'zi tezislar keltirib ötiladi.

Qobil Xidirov, Davletovuz Telegram kanali asosçisi:

– Karantin tugaşi haqida siyosatçi ham, bloger ham gapirmasligi kerak. Bu haqda tibbiyot vakillari xulosasi asosida qaror qabul qilinişi kerak. Şunça qilingan işni bir kunda havoga çiqarib yuboriş xavotiri birinçi örinda turibdi. Butun Özbekiston uçun qaror qabul qilinmasligi kerak, jumladan Toşkent uçun ham.

Davlat manzilli çora-tadbirlarni qöllaşi zarur. Milliarderning 100 ming dollar yöqotişi bilan, oddiy fuqaroning 100 dollar yöqotişi örtasida katta farq bor. Bizning amaldorlarga köp savolimiz bor: biz haligaça davlat xizmati töğrisidagi qonunni qabul qilmadik. Biz amaldorlar çöntagini köra olmayapmiz.

Har qanday ta'sir çorasining aniq tugaş vaqti bölişi kerak. Oxirgi yillarda davlat boşqaruvi apparati şişib ketdi. Hozir kvazi-davlat taşkilotlari juda köp, ularning moliyalaş manbalari esa budjetga aloqador. Moliya vazirligining budjetdan taşqari jamğarmalarga qöl sola olişini qöllab-quvvatlayman.

Otabek Bakirov, Bakiroo Telegram kanali asosçisi:

– Insoniyat muammolarga birinçi marta duç kelganda tavakkalçilikka qöl uradi. (Pandemiya davrida) birinçi qadam qöyuvçi davlatlar köproq ziyon köriş ehtimoli bor, Özbekiston esa bu masalada örtada. Bizning kuzatiş imkoniyatimiz bor.