Rossiya, Yevropa va AQShda pandemiya avj nuqtasiga yetgan bir chog‘da, Xitoy va Osiyoning boshqa davlatlari hukumatlari karantin choralari yumshatilganidan so‘ng virus tarqalishining ikkinchi to‘lqiniga duch kelmaslik uchun nimalar qilish borasida bosh qotirishmoqda.

Janubiy Koreya, Tayvan va Singapur infeksiyani qishdayoq jilovlab bo‘lgan, ular sekin-asta normal hayotga qaytayotgan edi — endi ma'lum bo‘lishicha, bunga hali juda erta ekan.

Endi bu mamlakatlarda xorijdan kirib kelgan odamlar hisobiga kasallanganlar soni keskin ko‘tarilmoqda va barcha cheklovlarni yangidan joriy etishga to‘g‘ri kelmoqda.

Osiyo davlatlari immunitet ishlab chiqmagan

Xitoyga yaqin joylashgan ko‘plab davlatlar darhol tahdidning miqyosini to‘g‘ri anglab, qisqa muddatlarda qat'iy choralar ko‘ra boshlashdi. Kasallanganlar bilan aloqaga kirishganlarni kuzatish, keng qamrovli testdan o‘tkazish va chegaralarni nazoratga olish Janubiy Koreya, Singapur va Tayvanga zararlanish avj nuqtasini tez o‘tash, Yevropadagidek qurbonlar bermaslik imkonini berdi.

Masalan, Tayvanda bir sutkada rekord darajada yuqtirganlar 5 yanvarda qayd etilgan va bor-yo‘g‘i 5 kishini tashkil etgan. Xitoy ichidagi qat'iy karantin choralari ham birinchi to‘lqinni jilovlashga yordam bergan.

Rossiya, Yevropa va AQSh hamon pandemiya avj nuqtasida turgan bir paytda Osiyo davlatlari karantin choralarini yumshatib, normal hayotga qaytmoqda.

Kasallikning avj olishini boshlang‘ich bosqichda karantin choralari bilan bostirishga muvaffaq bo‘lingani sababli, mintaqada virus bilan og‘riganlar soni nisbatan kam bo‘lib turibdi. Shunday qilib, aholining katta qismida virusga nisbatan immunitet hanuz ishlab chiqilmagan, bu esa chegaralar ochilishi hamono pandemiyaning ikkinchi to‘lqin xavfi