Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"PENG SHENG" O‘zbekiston-Xitoy QK Sirdaryo tumaniga gumanitar yordam ko‘rsatdi
Foto: PENG SHENG
Barchamizga ma'lumki, ayni damda koronavirusga qarshi butun dunyo hamjamiyati kurash olib bormoqda. Ana shunday tahlikali vaziyatlarda xalqlarning bir-biriga yordam qo‘lini cho‘zishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Kuni kecha Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda amaliy ko‘mak berish maqsadida 50 ming dona tibbiyot niqoblari hamda virusni tezkor aniqlashga yordam beradigan ekspress test vositalarini taqdim etdi. XXR vakillari O‘zbekiston ham o‘z vaqtida Xitoy pandemiyaga qarshi kurashayotgan chog‘i birinchilardan bo‘lib mamlakatga beg‘araz yordam qo‘lini cho‘zganligini qayd etib o‘tishdi.
Sirdaryo tumanidagi "PENG SHENG" O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi tomonidan ham gumanitar yordam ko‘rsatilib kelinmoqda. Shu kungacha qo‘shma korxona tomonidan Sirdaryo tuman hokimligi va Respublika SEN markaziga 20 ming dona, Sirdaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga 50 ming dona tibbiy niqoblar, shuningdek Sirdaryo viloyati SEN markaziga1000 dona koronavirusni tezda aniqlovchi ekspress test vositalari beg‘araz yetkazib berildi.

Sirdaryo tuman hokimligi o‘z navbatida korxonaga insonparvarlik yordami uchun minnatdorchilik bildiradi.
Mavzuga oid
08:55 / 30.12.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 390 tonna gumanitar yordam yetkazdi
09:07 / 07.08.2025
Xususiy tashkilotlarga G‘azoga gumanitar yordam yetkazishga ruxsat berildi
09:37 / 28.07.2025
G‘azoning ayrim hududlarida harbiy harakatlar har kuni 10 soatga to‘xtatiladi
21:32 / 27.07.2025