Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yotoqxonaga yillik to‘lov qilgan talabalarga foydalanilmagan oylar uchun mablag‘ qaytariladi
Talabalar yotoqxona uchun o‘quv yilida belgilangan to‘lovlarni to‘liq to‘lagan bo‘lsa, foydalanilmay qolgan oylarga to‘langan mablag‘ talabaning yozma murojaatiga asosan qaytarib beriladi.
Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari Sarvar Buzrukxonovga asoslangan holda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Sayt muxbirining talabalar yotoqxona uchun o‘quv yilida belgilangan to‘lovlarni to‘liq to‘lagan bo‘lsa, foydalanilmay qolgan oylarga to‘langan mablag‘ unga qaytarib beriladimi, mazmunidagi savoliga vazir o‘rinbosari quyidagicha javob berdi:
«Oliy ta'lim muassasalari yotoqxonalarida yashovchi talabalar yotoqxona uchun o‘quv yilida belgilangan to‘lovlarni to‘liq to‘lagan bo‘lsalar, foydalanilmay qolgan oylariga to‘langan mablag‘lari talabaning yozma murojaatiga asosan qaytarib beriladi.
Bu borada talabalarda ikkinchi tanlov huquqi ham bor. Unga ko‘ra, talabaning roziligi bilan o‘sha mablag‘ keyingi o‘quv yiliga hisoblanib yotoqxonada yashashi uchun o‘tkazib beriladi».
Mavzuga oid
21:12 / 03.04.2026
O‘zbekiston xorijiy talabalarni ko‘proq jalb etmoqchi
19:05 / 31.03.2026
Talaba qizlarga harbiy tayyorgarlikdan o‘tish huquqi kafolatlanishi mumkin
15:06 / 13.03.2026
Navoiyda o‘quvchi 16 yoshida talabalikni naqd qildi
12:27 / 12.03.2026