Iqtisodiyot | 12:32 / 02.10.2025
1922
1 daqiqa o‘qiladi

Ayrim chegara punktlari karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishga ixtisoslashtiriladi

Hukumat qarori bilan “O‘simliklar karantini chegara punktlarini karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishga ixtisoslashtirish"ga doir talablar tasdiqlandi. 

Foto: Kun.uz

Talablarga ko‘ra, karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishga ixtisoslashtiriladigan o‘simliklar karantini chegara punktlari va unga tutash hududlarda tashkil etiladigan bojxona terminallari mazkur talablar asosida qurilishi lozim.

Bojxona terminallarida o‘simliklar karantini davlat inspektori faoliyat yuritishi uchun quyidagi xizmat xonalari tashkil etilgan bo‘lishi lozim:

🔹 navbatchi (operativ);
🔹 maxsus;
🔹 maishiy (xo‘jalik);
🔹 dam olish xonasi.

Karantin ostidagi mahsulotlarni fitosanitariya nazoratidan o‘tkazish hamda bojxona rasmiylashtiruviga qadar saqlash uchun foydalaniladigan binolar amaldagi sanitariya-gigiyena va ekologik talablarga javob berishi shart. Jumladan:

🔸 shamollatish, havoni sovitish va isitish hamda omborlar favqulodda holatlarda ogohlantirish tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi;
🔸 yorug‘lik (tabiiy yoki sun’iy) bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid