2002 yil 5 mayda, qandaydir ikki soat içida A Seriyaning peşqadami uç marta özgardi. «Inter» öşanda ikki marta peşqadamga aylangan, ammo ikkinçi bölimda Ektor Kuper jamoasi parokanda öyin namoyiş etadi va uçinçi öringa tuşib ketadi. Milanlik yulduzlarni tuşuniş mumkin edi, hammasi tuşkun, Ronaldo yiğlagan... Öşa paytda esa, Marko Materatssi Alessandro Nestaga taşlanib, böğayotgandi: «Senga ikki yil oldin Skudettoni yutib bergandim», – deb baqirardi u, - «qöyib bersang bölardi-ku!»
Marko öşanda ikki yil oldin Perudjada ötgan uçraşuvni yodga olgandi. 2000 yilning 14 mayida «Yuventus»ning mahalliy jamoaga mağlubiyati «Latsio»ni çempionga aylantirgandi. Öşa paytlar Materatssi «Perudja» safida öynardi, lekin nima bölganda ham «Biz «Yuventus»ni yutib bergandik, endi, sen qöyib berişing mumkin edi», deyiş ğalati mantiq. Lekin Materatssi uçun bu oddiy hol...
France Football jurnali 2016 yilda muştariylari örtasida sörovnoma ötkazgan va «Qaysi futbolçi sizda köproq nafrat uyğotadi?» degan savolni qöygandi. Gap butun futbol tarixidagi futbolçilar haqida edi, şunda ham 80-yillarning qöpol darvozaboni Toni Şumaxer ğolib böla olmadi. Osonlik bilan Marko Materatssi şohsupaga çiqdi. Rasman futbol tarixidagi eng köp nafratga duçor bölgan futbolçi – Marko Materatssi.
U 28 yoşida «Inter»ga kelgunça, heç qaçon top-klub safida töp surmagandi. Futbolni taşlaşi ham mumkin edi. Ön yetti yoşida otasi boşqargan «Messina Parolo» jamoasida öynagan, lekin klub moliyaviy inqiroz tufayli bankrot bölib, Marko havaskor futbolçiga aylandi.
U orada bir muddat basketbol bilan ham şuğullanib yuradi. Şu payt, uçinçi diviziondagi «Trapani» jamoasi skautlari yoş himoyaçi bilan qiziqib, professional şartnoma taklif qilişadi. Töğri, atigi C Seriya, ammo haqiqiy klub. U yerdan Marko B Seriya vakili «Perudja»ning nazariga tuşadi.
Havaskor murabbiyning şogirdi
«Perudja» hozir unutilib ketgan, ammo asr boşlarida «Perudja» xabarlar lentasini portlatib turardi. Klub xöjayini Luçani Gauçi noodatiy qarorlari bilan nom çiqargan, hatto asosiy jamoa murabbiyi uçun konkurs ham e'lon qilgandi. Maktabda öqituvçi bölib işlaydigan muxlis Serse Kosmi öşa konkursda ğolib çiqib, «Perudja»ni boşqariş huquqini qölga kiritgandi.
Biroz ğalati, lekin Marko aynan öşa insonlar içida ulğaydi.
«Kosmi doim menga yordam berardi. U öyinlarimni qattiq tanqid qilar, ammo «Inter»ga transferim dastlab bekor bölganida, aynan u birinçi bölib meni yupatgandi», – deb eslaydi futbolçi.
Materatssi «Inter» e'tiboriga ança avvalroq tuşgan bölsa-da, yulduzli jamoaga yaraşmagandek tuyulardi va asosiy transfer maqsad bölmagan. U 2001 yilda, 28 yoşida «Inter»ga ötdi va birinçi mavsumdayoq Skudettoni yutişga juda yaqin kelgandi. Keyin öşa, yuqorida eslangan «Latsio» safari röy beradi. Marko mağlub bölişni umuman yoqtirmasdi, «Inter»ga ham aynan şu xislat yetişmas, aynan Marko singari futbolçilar lozim edi.
Futbolçining xarakterini statistik körsatkiçlar orqali namoyon qiliş unça oson emas, lekin Materatssiga kelganda, qiyinçilik tuğdirmaydi. 1998 yilning yozida u «Everton»ning nazariga tuşgan va Angliyada özini sinab körişga ham ulgurgan.
«Uning tajovuzkor uslubi APLda moslaşiş uçun ança yordam beradi», – deb hisoblagandi «Everton»ning öşa vaqtdagi ustozi Uolter Smit.

Smit adaşgandi. Materatssi 27 öyinda maydonga tuşdi va tört marta qizil kartoçka oldi. Uning öyini hatto Angliya uçun ham haddan taşqari bölib çiqqandi. Yil ötib Marko «Perudja»ga qaytdi va A Seriyadagi 12 goli bilan javob berdi, jamoasi esa mavsum startida heç kimni ayamay mağlub etardi.
Buffon, Tyuram, Kannavaro, Almeyda, Konsensayu, Amorozo, Miloşeviç, Di Vayo kabilar bilan yulduzli «Parma» dastlabki 20 daqiqadayoq uç gol ötkazdi. «Milan»dan esa mavsumda 6 oçko olişga muvaffaq bölindi. Materatssi himoyaçi bölsa-da, öşa jamoaning penaltisti va eng yaxşi töpurari edi. Mavsum tugagaç uning «Inter»ga transferi amalga oşdi.
«Inter»dagi dastlabki yillar
Materatssining öziga xosligi şunda ediki, eng ilojsiz vaziyatlarda ham sovuqqonlikni saqlab qolar, hujumçining zarbasiga xalaqit beriş mumkin bölmagan paytlarda ham podkat bilan vaziyatni öz foydasiga hal qila olardi. Şuningdek, Marko standart vaziyatlarda ham öz jamoasi hududida, ham raqib jarima maydonida juda foydali edi.
Ammo uning riskli uslubi şunga mos şerikni taqozo qilardi. Şuning uçun ham u Italiya terma jamoasida Kannavaro yoki ayniqsa, Nesta bilan tandem bölganida juda samarali bölardi. Ana şunda Markoning temir oyoqlari himoya poydevorini yasaşda tayanç bölardi. «Inter»da esa, xuddi öziga öxşagan Ivan Kordoba bölar, şuning uçun bu ikki himoyaçi şeriklikda, xuddi, tişiga piçoq qistirib, lekin öz kemasini taşlab kelgan qaroqçi tödasini yodga solib yuborişardi.
Ektor Kuper örniga Mançini keldi va jamoa tarkibi yildan yilga kuçaytira borildi. Bir-ikki yil ötib «Inter» şu darajada kuçaydiki, Materatssining ham unça keragi qolmagandi. Endi himoya markazida Kordobadan taşqari Sinişa Mixayloviç, Karlos Gamarra va Nikolas Burdisso bor edi, buning ustiga 2005 yilning yozida Milanga Madriddan Valter Samuel ham kelib qöşildi. Himoyaga bu qadar e'tibor berilişining sababi «Inter» katta öyinlarda kuçsiz öynaşi edi.
Milan derbisi asr boşlarida nafaqat şaharda yoki Italiyada, balki butun Yevropa uçun ham katta voqea bölardi. 2003 yilda bu ikki klub Çempionlar Ligasi yarim finalida orani oçiq qilişdi, 2005 yilda esa, çorak finalda. Öşa öyinlar «Inter»ga natija olib kelmagan bölsa-da, quyidagi surat tarixda qoldi.

Har ikki jamoa tarkibidagi yulduz futbolçilar şu qadar köp ediki, asosiy tarkibga siğdirişning iloji bölmagan. «Inter» safida Veri, Adriano, Stankoviç, Kambyasso, Veron, Dzanetti, «Milan» tarkibida esa, Gattuzo, Pirlo, Zeyedorf, Kaka, Şevçenko, Krespo, Rui Koşta, Kafu...
Yozda Mançini yangidan qayta qurişni boşladi va jamoa xarakterini kuçaytirişga urğu bera boşladi. Ğoliblik ruhiyatini paydo qiliş yölida «Real»dan Figu va Solari keldi. Yuqorida aytilgan Samuel ham kelgaç, Materatssi zaxira variantiga aylanib qoldi. Şundagina Marko ham özgarişlar vaqti kelganini anglagandi.
«Men agentimga boşqa jamoa axtarişni aytdim. Mançini oçiq-oydin jamoada mening kelajagim yöqligini bildirgandi. «Milan» darhol qiziqiş bildirdi, «Inter»ga sodiq bölsam-da, öynaşim kerak edi, axir jahon çempionatini tahlikaga qöya olmasdim.
Kelişuv deyarli hal bölgandi, lekin terma jamoa murabbiyi Marçello Lippi bilan suhbat hammasini özgartirib yubordi. U menga klubdagi holatim qanday bölişidan qat'i nazar, meni mundialga olib ketişini aytdi. Men «Inter»da qoldim, u esa, va'dasida turdi», deya eslaydi u.
Materatssi rostan ham asosiy tarkibdagi örnini boy bergandi. Qişga borib himoya markazida Kordoba – Samuel juftligi aniq edi. Zaxirada qolib ketgan bölsa-da, Materatssi Germaniyaga, jahon çempionatiga yöl oldi. Töğri, u yerda ham Marko zaxira varianti bölgan, asosiy himoyaçilar Kannavaro va Nesta juftligidan iborat edi.
JÇ-2006

Lippining eng katta xizmati şunda ediki, terma jamoadagi muhitga Kalçopoli ta'sir qilmadi. Tergov harakatlari ayni öşa paytlarda ötkazilayotgan, tarkibdagi deyarli hamma futbolçilar voqealarga aloqador edi. «Yuventus»ni quyi ligaga tuşirib yuboriş haqidagi qaror çiqqan kuni Germaniya bilan yarim final öyini edi. Öşanda ham jamoa jips, muhit a'lo bölgan.
Futbolçilar turnirni qay darajada iştiyoq bilan ötkazganini Lippining mana bu sözlari ham ifodalab beradi: «Odatda, guruhdagi sönggi tur oldidan boş murabbiy futbolçilarga vaziyatni aniq tuşuntirişi va ularda iştiyoq uyğotişi lozim böladi. Ğalaba nima uçun zarur ekani, durang ham qoniqtirsa-da, keyingi bosqiç uçun qanday öynaş kerakligini tuşuntirişi kerak. Diqqatni jamlanglar, böşaşmanglar, kabi sözlar bilan. Ammo bizda hammasi boşqaça edi. Kiyim almaştiriş xonasiga kirib borar ekanman, futbolçilarning özi ğalaba şart ekanini bir-birlariga aytişar, hatto turnir setkasi, pley-offlarda qiyinroq raqibga tuşmaslik uçun qanday natija lozimligi haqida qayğurayotgandilar. Bu juda yaxşi belgi edi».
Guruhdagi sönggi öyinda, Çexiyaga qarşi bahsda Nesta jarohat oldi va 17-daqiqadayoq uning örniga Materatssi tuşirildi. Sakkiz daqiqa ötib, Totti burçak zarbasini ijro etdi – hammadan baland sakragan Marko Çex darvozasini işğol qildi. Sakkiz daqiqada ğalaba goli, guruhda birinçi örin – ajoyib natija, bundan keyin asosiy tarkibdagi örin kafolatlanadi. Lekin keyingi öyindayoq hammasi tugadi.
Avstraliyaga qarşi nimçorak final. Italiya öyinni nazorat qilar, birinçi bölimning özidayoq kamida uçta gol urişi mumkin edi. Keyin esa, hakamga navbat keldi. Mark Breşiano Buffon darvozasi tomon harakatlanar, lekin bu toza yakkama-yakka holat emasdi. Zambrotta uni ta'qib qilayotgandi. Şu payt Marko raqibga nisbatan qoida buzdi. Qoida u qadar qöpol ravişda buzilmagan bölsa-da, hakam himoyaçini maydondan çetlatdi. Faqatgina sönggi daqiqalardagi penalti Italiyani qutqarib qolgandi.
Çorak finaldan boşlab, Italiya 4-3-3 sxemasidan 4-4-2 sxemasiga ötdi. Hujumda ijroçilar yetarli bölsa-da. yulduz futbolçilar zaxiraga olinganda töğri tuşunişdi. Bu hatto murabbiyni ham hayron qoldirgan.
«Men Tottiga endi zaxira futbolçisi bölişini aytdim. U menga, «yaxşi, janob» dedi. Hammasi katta futbolçilar edi, heç kim özini öylamadi, hamma jamoa uçun qayğurardi», – deya eslaydi Lippi.
Materatssi diskvalifikatsiya qilingan öyinda Barsali himoyada öynadi va Ukraina ustidan yirik ğalabaga erişildi. Germaniyaga qarşi yarimfinalda Marko yana tarkibga qaytdi. Öyin Dortmundga belgilangandi, bu stadionda nemislar tarixda heç qaçon mağlub bölmagan. Italiya butun öyin davomida öyin sur'atini pasaytirişga urinib, overtaymda esa, tört hujumçi bilan öynay boşladi.
«Endi maydon markazida heç narsa sodir bölmayotgandi. Öyin hujumçilar va himoyaçilar bahsiga aylanib ketdi. Himoyamizdan könglim töq edi – markazda Kannavaro va Materatssi, qanotlarda Grosso va Dzambrotta, tayanç zonasida Gattuzo», – deb öz qarorini tuşuntiradi murabbiy.
Ikkinçi qöşimça bölimda Italiya tarkibida bir vaqtda Totti, Del Pero, Yakinta va Jilardino bor edi va xavfli vaziyatlarni faqat Italiya yaratayotgandi. Nihoyat öyin oxirlaridagi ikki gol maydon egalarini mağlub etdi. Finalda Fransiya libosini kiyib olgan jahon terma jamoasiga qarşi öyin kutib turardi.
Final qahramonimiz uçun yomon boşlandi – uning qöpolligi Italiya darvozasiga penalti bilan yakunlandi. Yettinçi daqiqadayoq Zidan fransuzlarni hisobda oldinga olib çiqdi. Ammo oradan heç qança ötmay, Markoning özi javob golini urdi. Patrik Viyeyra bilan havo kuraşida ğolib çiqqan himoyaçi Pirloning uzatmasi yordamida hisobni tenglaştirdi. Qiziq holat, şu tariqa Marko Materatssi ikki gol bilan öşa Italiya terma jamoasining töpurari bölgandi. Luka Toni ham ikki gol urgan, lekin u 6 öyinda qatnaşgan bölsa, Markoning ikki goliga atigi 4 öyin yetarli böldi.
Italiya sal kuçliroq körinayotgandi. Bölim oxirida Pirloning navbatdagi uzatmasidan söng, Tonining boş bilan zarbasi tösinga tegdi. Ikkinçi bölimda Tonining goli ofsayd tufayli hisoblanmadi. Faqat bölim örtalarida italiyaliklar qöpol xatoga yöl qöyib, Zidanni jarima maydonida yolğiz qoldirişdi. U boşi bilan gol urişga juda yaqin kelgandi.
109-daqiqada turnirning eng maşhur pallasi keldi. Materatssi Zidanning libosidan tortib qoldi, fransiyalik futbolçi esa Markoga qarata «agar futbolkam yoqib qolgan bölsa, öyindan keyin senga beraman», – dedi. Materatssi şu payt nimadir-nimadir dedi. Zidan avval xotirjamlik bilan orqaga qaytayotgandi, lekin birdaniga qarorini özgartirdi.

Materatssi öşa zarbani pop-xitga aylantirib yubordi. Tok-şoulardan qatnaşdi, kitob yozdi. Parijda Zidan va Materatssining öşa holatiga xaykal qöyişdi. Keyin esa, to 2017 yilda bor haqiqatni oşkor qilgunça, Zidanga aytilişi mumkin bölgan 250 variant haqida yozdi. Ammo öşa öyindan keyingi ilk talqin hammasini tasdiqlardi – bu xuddi öşa Nestaga aytilgan mantiqsiz e'tiroz kabi Materatssiga xos: «Men Zidanning singlisini haqorat qilmadim. Uning bemor ekanini ham bilmagandim».
Materatssi finaldagi penaltilar seriyasida ham imkoniyatidan foydalandi. Öyindan keyin Jahon kubogiga Italiya bayroğidan tikilgan qalpoqni kiydirib ham qöydi. Undan-da ziddiyatliroq şaxsni futbolda topiş muşkul.
Ön yil ötib, u öşa final oqşomida ahmoqlik qilganini tan oladi, ammo şu bilan birga, Zidanning javobi ham töğri bölmaganini qöşimça qildi – «ha, men ahmoqona gap aytgandim, lekin maydonda bundan ham badtar haqoratlar yangraydi».
Sönggi yillar
Jahon çempionatidan keyingi mavsumda Materatssi yana asosiy tarkibga qaytdi va Samuel bilan birga himoya markazini taşkil qildi. Bir mavsumda u 10ta gol urişga muvaffaq böldi. «Inter»ning penaltisti Zlatan Ibrahimoviç edi, Marko esa, har qanday standart vaziyatni xavfga aylantira olardi.
Mourino kelgaç, Marko maydonga kam tuşa boşladi, lekin jamoa içidagi örni baribir kattaligiça qolgandi. Futbolçi Joze bilan tanişuvini ham öziga xos tarzda hikoya qilib berişni yoqtiradi: «Unda mening raqamim yöq edi, zero jamoadagi asosiy yulduzlardan emasdim. Lekin yölini topib, menga qönğiroq qildi va birga işlaşni sabrsizlik bilan kutayotganini aytdi. Joze insonlar bilan iliq munosabat örnatişda benazir edi».

Joze Mourino mağlubiyatga uçraşni bilmaydigan futbolçilarni yaxşi körardi. Marko ham mos şaklda javob berdi – «Joze uçun ölişga ham tayyorman».
«Inter»ning şonli mavsumida Materatssi deyarli öynamagan. Lekin jamoada şu qadar örin tutardiki, finalda bir neça daqiqa maydonga ham tuşirişgandi. Keyinçalik, Mourinoning tanaffusdagi körsatmalarini ham oşkor qilgan.
«Haddan taşqari yaxşi öynab yuboryapsizlar. Himoyaga e'tibor beringlar, xotirjamroq harakat qilinglar. Şunda qarşi hujumda ularni jazolaşimiz mumkin», – degan ekan portugaliyalik mutaxassis.
Materatssi Jozedan keyingi murabbiylar bilan çiqişmadi. Benites ham, Leonardo ham Markoning kerakli fazilatlaridan foydalana olişmadi. Qiziği, ikkala holatda ham ziddiyatlar rasm tufayli yuzaga kelgan. Benites maşğulot bazasidan Materatssi va Mourinoning birgalikda tuşgan rasmini oldirtirib taşlagan bölsa, Leonardo Markoga sovrinlar bilan birga rasmga tuşişga ruxsat bermadi.
Keyinçalik Materatssi Benitesni «Formula 1» avtomaşinasini minib olgan qörqoq politsiyaçiga öxşatgan va öz soyasidan ham qörqadigan murabbiy sifatida gavdalantirgan. Leonardoni esa sotqinlikda aybladi. Balki şuning uçun jamoa öyini birdaniga pasayib bordi. Materatssi kabi futbolçilar bilan öziga xos tarzda munosabat örnatiş lozim edi.










