Moliya vazirligining axborotiga köra, Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasidan 756 mlrd sömlik umumiy xarajatdan ijtimoiy himoya uçun 117 mlrd söm belgilanib, unda doimiy daromadidan çetlaştirilgan kişilarni moddiy qöllaş nafaqalari ajratib körsatilmagan.

Jamğarmaning daromad qismiga e'tibor bersak, uning 1 596 mlrd sömni taşkil etilişini köramiz. Undan taşqari, prezidentning maxsus farmoniga köra, jamğarmaning umumiy hajmi 10 000 mlrd sömni taşkil qilişi kerak. Ehtimol, e'lon qilingan xarajatlardan ortganining ma'lum miqdori karantin sababli maoş ola olmayotgan aholi turiga moddiy kömak tayinlanar va hozirgi vaqtda raqamlarni aniqlaştiriş jarayoni ketayotgandir. Nima bölganda ham bu vazifani uzoq keçiktirib bölmaydi.

Moliyaviy kömak miqdorini belgilaş uçun uç omilga qaraladi:

– mazkur maqsad uçun ajratilgan jamğarma miqdori;

– nafaqa olişga haqli har bir kişiga körsatiladigan minimal moliyaviy kömak miqdori;

– moliyaviy nafaqa olişga haqli aholining umumiy soni.

Boş vazir örinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri Jamşid Qöçqorov Kun.uz'ga bergan intervyusida nafaqaga muxtoj kişilarni aniqlaş oson keçmasligi, buning sababi – mehnat qilib kelgan şaxslarning katta qismi norasmiy sektorda band ekanini aytib ötdi.

Qimmatli vaqt yöqotmaslik maqsadida kömak tranşlarini bir neça bosqiç – eşelonlar bilan taşkil qilinişini tavsiya etamiz. Bunday mexanizm ikki oqimli tizim bilan işlaydi: axborot va mablağ oqimlari. Maxsus komissiya qoşida markaziy moliyaviy kömak xizmati taşkil qilinib, unga nafaqa tranşlari böyiça banklarga topşiriq beriş vakolati beriladi.

Birinçi eşelon: Banklar öz mijozlari bölmiş vazirliklar, uyuşmalar, taşkilotlar, mahalliy budjetlar va xususiy korxonalardan (umumiy qilib «taşkilotlar» deb ataymiz) karantin muddatiga maoşidan çetlaştirilgan xodimlar umumiy soni haqida axborot yiğadi va olingan axborotni Maxsus komissiyaga yuboradi.

Maxsus komissiya moliyaviy kömak umumiy raqamida har bir bankka talab qilingan miqdorda mablağlarni ötkazadi, bank esa öz navbatida taşkilotlar söragan mablağni ularning hisob raqamlariga ötkazadi.

Taşkilotlar bu jarayonda avvalgi yuborgan umumiy miqdorga ilova qilib nafaqa oladigan xodimlar röyxatini ism-familiya va pasport raqamlari bilan Maxsus komissiyaga oddiy şaklda bir andozali ma'lumotnoma topşiradilar. Taşkilotlar hisob raqamlariga tuşgan kömak pulini oylik sxemalari orqali xodimlar plastik kartalariga ötkazib beradilar. Maxsus komissiya axborot tizimiga birinçi eşelon röyxatlari har bir nafaqa oluvçining ism-familiyasi, pasport raqami, taşkilot nomi va röyxatga oliniş sanasi kiritiladi.

Ikkinçi eşelon: mahalliy hokimliklarning Maxsus komissiyasi («mahalliy komissiya») mehnatga layoqatli, ammo işsiz, bandligi rasmiylaştirilmagan, yakka tartibdagi tadbirkorlar va umuman birinçi eşelon kölamiga kirmagan karantin nafaqasiga loyiq kişilarning ism-familiyalari va pasport raqamlari körsatilgan röyxat tuzadilar.

Röyxat aholining murojaatlari asosida tuziladi va unda sörovçi heç bir joyda rasman işlamayotganini aytib ötgan bölişi kerak. Uşbu mahalliy komissiya ma'lumotni Maxsus komissiyaning markaziy moliyaviy kömak xizmatiga va biriktirilgan bankka uzatadi. Maxsus komissiya banklarga mahalliy komissiyaga taalluqli hisob raqamlariga söralgan mablağni ötkazişga topşiriq beradi.

Uçinçi eşelon: nafaqaga loyiq, ammo yuqoridagi birinçi va ikkinçi eşelonlarga kirmagan aholini aniqlaştiriş maqsadida mahalla qömitalari, volontyorlar va maxsus işonç telefoni xizmatlariga topşiriq beriladi. Har bir ma'lumot yiğuvçi taraf uçinçi eşelon aholining röyxatlarini tuzib, öz hududining maxalliy Maxsus komissiyaga topşiradilar va u öz navbatida Maxsus komissiyaning moliyaviy kömak xizmatiga axborotni yetkazadi. Moliyaviy kömak xizmati banklarga aniqlangan pul miqdorini ötkazişga topşiriq beradi.

Bir neça eşelon röyxatlarda bir kişi qaytadan kirib qoliş xatari mavjud. Mazkur xato axborot tizimidagi qayta kirib qolgan kişilarning ismi-familiyasi va pasport raqami orqali çiqadi va «konflikt» statusi bilan alohida röyxatga ötkaziladi. «Konflikt» röyxatidagi har bir kişi haqida ma'lumot aniqlaştiriladi, u qaysi eşelon röyxatiga birinçi kiritilgan bölsa, öşa yöl bilan unga mablağ yetkaziladi.

Boşqa masalalar

1. Tavsiya qilinayotgan uç-eşelonlik tizimning har bir poğonasida insoniy xato va suiiste'molning oldini oluvçi va aniqlaştiruvi nazorat mexanizmlari örnatilişi kerak. Lekin nazorat pul va axborot oqimlarini sekinlaştiradigan rasmiyatçilikka aylanmasligi lozim. Inqiroz vaziyatida mutasaddilardan ortiqça rasmiyatçilik qilmaslik uçun ma'lum jur'at va özaro işonç talab qilinadi.

Qolaversa, bu jarayonda yöl qöyilgan qonunbuzarlikni aniqlaştiriş va aybdorlarni jinoiy javobgarlikka tortiş qiyin emas, bu haqda jiddiy ogohlantiriş beriş firibgarlik tahlikasini kamaytiradi, deb işonamiz.

2. Maxsus komissiya qoşidagi moliyaviy kömak xizmatlari poytaxtda joylaşgan bir markaz emas, balki bir neça şahar va viloyatlar mahalliy markazlari körinişida bölişi mumkin. Asosiy e'tibor, birinçidan, umumiy mexanizmning tez işlay olişiga, ikkinçidan, yagona axborot tizimi mavjud bölişiga qaratilişi kerak.

3. Yana bir muammo – bu naqd pulni nafaqa oluvçilarga yetkazib berişni taşkil qiliş. Bunda birinçi öringa aholining plastik kartasidagi hisob raqamlari bilan ta'minlangani çiqadi. Aholi tuşgan pulni zaruriy xarajatlariga işlata olişi uçun savdo şoxobçalari ekvayring tizimlari, onlayn savdo va bozor şaroitlarida kişidan kişiga pul ötkaziş tizimlarini işlaşini osonlaştiriş zarur.

Bu muhim vazifa bilan boğliq bölgan texnik muammolarni bartaraf qiliş uçun fintex mutaxassislarga buyurtmalar berişni tezlatiş kerak. Naqd pullarni bank hisob raqamlari, plastik kartalari bölmagan, ayniqsa olis joylardagi nafaqa oluvçiga yetkazib berişni maxsus jihozlangan inkassator xizmatlari va, agar zarur bölsa, huquqni muxofaza qiluvçi organlar xizmatlaridan foydalaniş mumkin.

Şuningdek eng katta xatar – töraçilik va ortiqça rasmiyatçilik keskin ravişda töxtatilişi va kerak bölsa, ma'muriy jazolanişi lozim.

Jamşid Muslimov