Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya prezidenti koronavirus sababli kiritilgan cheklovlarga qarshi o‘tkazilgan namoyishda qatnashdi
Jair Bolsonaru avvalroq sog‘liqni saqlash vaziri Luis Enrike Mandettani karantin choralari tarafdori bo‘lganligi uchun iste'foga chiqargandi.
Foto: REUTERS
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru mamlakat poytaxtida koronavirus sababli kiritilgan cheklovlarga qarshi o‘tkazilgan namoyishda qatnashdi. Aksiyada jami 600 kishi ishtirok etdi, deb xabar bermoqda AFP agentligi.
Namoyish qatnashchilari parlamentning yopilishi va armiyaning Bolsonaru tarafiga o‘tishini talab qildi. Prezident aksiya vaqtida nutq so‘zladi va yo‘tal sababli nutqini bir necha marta to‘xtatishiga to‘g‘ri keldi, deb xabar beradi agentlik.
Parlament va Braziliyadagi regionlar rahbarlari koronavirus epidemiyasi sababli aholiga uydan chiqishni taqiqlagan. Bolsonaru bu choralarni tanqid qilmoqda va virusni "kichikroq gripp" deb atagan.
Bolsonaru avvalroq sog‘liqni saqlash vaziri Luis Enrike Mandettani karantin choralari tarafdori bo‘lganligi uchun iste'foga chiqargandi.
Braziliya hozirda koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Lotin Amerikasida birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda 38 mingdan ortiq kishi kasallik yuqtirgan, 2,5 mingga yaqin kishi vafot etgan. Bolsonaru 17 aprel kuni qo‘shni davlatlar bilan chegaralarni ochish tashabbusi bilan chiqdi.
Mavzuga oid
07:36 / 29.12.2025
Braziliya qanchalik katta? Infografikada haqiqiy ko‘lam
08:24 / 15.12.2025
O‘zbekiston va Braziliya qo‘shma loyihalarni ishga tushirishni muhokama qildi
15:54 / 10.12.2025
Toshkentda Braziliyaning yangi elchisi faoliyatini boshladi
19:41 / 22.11.2025