Jahon | 22:24 / 20.04.2020
3320
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus sababli 2020 yilda xorijlik turistlar Ispaniyada hordiq chiqara olmaydi

Koronavirus sababli 2020 yil yozda xorijlik turistlar Ispaniyada hordiq chiqara olishmaydi. Bu haqda hukumat va turizm sohasi vakillariga tayanib Ispaniya OAV xabar berdi.

Foto: Burak Akbulut

Ispaniya mehnat vaziri Iolanda Dias 17 aprelda iqtisodiy faoliyatni tiklash bo‘yicha hukumat rejasida turizm sohasining xorijliklarga ochilishi yil oxiriga qadar ko‘zda tutilmaganini ma'lum qildi. Vazir sohaning ishsiz qolgan vakillariga nafaqa to‘lanishiga va'da berdi.

Avvalroq mamlakat vazirlar mahkamasi vakillari xorijliklarga Ispaniyaga yozgi safarlar rejalashtirmaslikni tavsiya qilgandi. 

"Quyosh va plyaj turizmi" deb ataluvchi turizm Ispaniya iqtisodiyotining asosiy sohasi hisoblanadi. 2019 yilda mamlakatda 84 mln nafarga yaqin xorijlik dam olgan. Exceltur tashkilotining ma'lumot berishicha, kelayotgan yozgi mavsumda sohadagi yo‘qotishlar kamida 90 mlrd yevroni tashkil etadi.

Shu bilan birga, Kanar orollari ma'muriyati orol koronavirusdan unchalik jabr ko‘rmaganini inobatga olib yozda xorijliklarni qabul qilishga ruxsat so‘radi. Ammo Madrid hozircha bu taklifga javob qaytarmadi. 

Ispaniyada 20 aprel holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 200 mingdan ortiq bo‘lib, 21 mingga yaqin kishi vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid