Davletov.uz kanali muallifi Qobil Xidirov Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşqaruvi raisi Mamarizo Berdimuratoviç Nurmuratov bilan koronavirus pandemiyasi şaroitida bank tizimining barqaror faoliyat yuritişi, banklar tomonidan iqtisodiy inqiroz oqibatlarini yumşatiş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar hamda valuta kursi, inflatsiya körsatkiçlari barqarorligi masalalarida suhbat uyuştirdi.
— Yaşirişning hojati yöq, valuta kursidagi tebranişlar ortidan tijorat banklari tomonidan aholiga valuta sotişda turli körinişda limitlar örnatilgan. Oldindan aytib qöyay: banklarni ayblaşdan yiroqmiz, lekin heç qanaqa limitlar yöq va bölmagan deyişdan ham osoni yöq. Şu masalada tijorat banklari vakillari bilan ham muloqot qilganimizda, ular buni 2ta sabab bilan izohlaşayapti.
Birinçi sabab: Banklarda valuta pozitsiyasi yöq, ya'ni valuta sotilmayotgani sababi, heç kim banklarga valuta sotmayapti, eksportyorlar ham pauza olgan, aholi ham. Sotişi mumkin bölganlarning kurs kutilmalari balandroq. Tijorat banklari aholi va eksportyorlardan yuqoriroq kursda sotib ololmaydi, çunki norasmiy bölsa-da koridor mavjud. Şu ma'noda, quyi va yuqori koridorlarni bekor qiliş haqida öylab köriş vaqti yetmadimikin?
Ikkinçi sabab: 28 martdan buyon aviaqatnovlar töxtagan. Şu sababli çetdan naqd valuta keltiriş ham töxtab qolgan. Biz bilan muloqotda bölgan ayrim bankirlar naqd valuta tugaganini aytişmoqda. Bu muammoga nafaqat biz, Ukraina, Gruziya kabi davlatlar ham röbaru kelyapti. Ularning aksarida valuta sotişga çeklov yöq, lekin faqat kartalarga, naqdsiz sotiş boşlangan. Aholiga oçiq tuşuntirilgani uçun heç qanday vahima yoki qörquv paydo bölgani yöq. Balki bizda bu borada yetarli zaxiralar bordir. Bilmaymiz, ma'lumotimiz yöq. Sizning bu boradagi savollarga javobingiz qanday?
— Hammasi özimiz xohlagandek bölişini istaymiz. Bu tuşunarli. Bir tomondan şunaqa bölişigayam xursand bölaman. Erkinlik, liberallaştiriş...
Aytişim kerakki, Markaziy bank valutani tartibga soluvçi organ sifatida biror-bir çeklov qöymagan. Buni köp bor aytganman.
Çeklov qanaqa böladi? Hamma eslaydiki, 2018 yilgaça har bir odam bir çorakda faqat 2 ming dollar olişi mumkin edi, buni mamlakat içida naqd qilib oliş imkoni yöq edi, faqat xorijda işlatiş mumkin edi. Mana bu çeklov edi. Markaziy bank şunday çeklov belgilagandi.
Hozir siz aytayotgan muammoga sabab esa tijorat banklari taşkiliy işlarni töğri yölga qöya olmagani bilan boğliq. Banklar ertalab yuzta şoxobçasiga 10 ming dollardan, 20 ming dollardan tarqatadi. Lekin ular qaysi şoxobçaga qança odam kelib, qança valuta olişini bilmaydi. Şuning uçun, keyingi pul miqdori olib borib berilguniça ma'lum bir çeklov belgilaşi mumkin, 200 dollar sot, 500 dollar sot deb. Men ham öqidim bu haqdagi xabarlarni, tijorat banklari bilan gaplaşdim. Bu iş töğri taşkil qilinmagani tufayli.









