«Barça harakatlarimiz inflatsiyani uşlab turişga qaratilgan. Agar e'tibor qilgan bölsangiz, köplab mamlakatlar, savdo hamkorlarimiz qayta moliyalaştiriş stavkasini keskin pasaytirişdi. Biz ikki marta pasaytirdik, biroq nisbatan kamroq hajmda. Bu ham instrumentlardan biri.
Boşqa instrumentlardan ham foydalanyapmiz. Biz uçun inflatsiya eng muhim masala. Likvidlik, likvidlik absorbatsiyasi, pul massasini tartibga solişning boşqa instrumentlari, pul şaroitlarini özgartiriş böyiça boşqa tasavvurlarimiz bor. Biz ulardan foydalanyapmiz.
Misol uçun, biz bu oyda tijorat banklariga 2 trillion söm miqdorida likvidlik taqdim etdik. Bu inflatsiya darajasiga qanday ta'sir körsatdi? Aytişim kerakki, uning ta'siri minimal darajada.
Nima uçun? Biz tijorat banklariga likvidlikni joriy hisob-kitob, tölovlarni amalga oşiriş, ularning likvidligini qöllab-quvvatlaş uçun taqdim etamiz. Bu yerda uning inflyatsion omili minimal. Agar bizning tijorat banklariga taqdim etilgan kreditlarimiz iqtisodiyotga kreditlar körinişida qöyilganida, ha bu yerda his qilgan bölardik.
Biz bu riçagdan hozir minimal darajada foydalanyapmiz. Har safar har bir bankka individual yondaşamiz», deya Markaziy bank raisi sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
U foiz stavkasining pasaytirilişi kapitalning mamlakatdan çiqib ketişi va milliy valuta kursining xorijiy valuta nisbatan pasayişiga olib kelişi ehtimoli haqidagi savolga javob qaytardi.
«Foizlarning maqbul çegarasi borasida qaror qabul qilayotganimizda uzoq vaqt davomida bahslaşdik. Bizda ham tijorat banklaridan mablağ çiqib ketişi va valuta kursining özgarişi borasida qörquvlar böldi.
Bu borada şuni aytişim kerakki, biz bu siyosatning tijorat banklari depozitlariga ta'sirini sezmadik. Joriy yilning 9 oyini közdan keçiradigan bölsak, jami pul massasi 16,7 foizga ösdi. Milliy valutadagi depozitlar esa 18,7 foizga ösdi.
Bu bilan aytişimiz mumkinki, maqbul foiz siyosati tijorat banklari depozitlarining kamayişi yoki özgarişiga sezilarli darajada ta'sir qilmadi», deya Markaziy bank raisining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mamarizo Nurmuratov foiz stavkasining pasaytirilişi milliy valuta kursiga ham ta'sir qilmaganini aytdi.
«Aytişim kerakki, kursning volatilligi mart-aprel oylarida kuçli sezildi. Undan keyin milliy valuta kursi xotirjam holatda uşlanib turibdi. Bozorning bu segmentida ham foiz stavkalarining pasaytirilişi borasidagi çoralar ta'sirini sezmadik», dedi u.
Avvalroq, Markaziy bank sentabr oyida yillik inflatsiya darajasi 11,7 foizni taşkil qilgani haqida ma'lumot bergan edi.












