Jahon | 16:26 / 20.04.2020
4879
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiyada kelgusi haftadan karantin cheklovlarini olib tashlash boshlanadi

Birinchi bosqich 27 apreldan boshlanadi va ikki hafta davom etadi. Ayrim korxona va maktablar faoliyatini boshlaydi. Bundan tashqari, 10 kishigacha guruh bo‘lib tadbirlar o‘tkazishga ruxsat beriladi.

Foto: Getty Images

Yangi Zelandiyada kelgusi haftadan koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan cheklovlarni olib tashlash boshlanadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Jasinda Ardern ma'lum qildi.

"Biz birgalikda Yangi Zelandiyada koronavirusning nazorat qilib bo‘lmaydigan avjini to‘xtata oldik ", - dedi Ardern.

OAVning yozishicha, cheklov choralari bosqichma-bosqich yumshatiladi. Birinchi bosqich 27 apreldan boshlanadi va ikki hafta davom etadi. Ayrim korxona va maktablar faoliyatini boshlaydi. Bundan tashqari, 10 kishigacha guruh bo‘lib tadbirlar o‘tkazishga ruxsat beriladi.

Keyingi bosqich 11 maydan boshlanadi. Qurilish, ishlab chiqarish va o‘rmon xo‘jaligi xodimlari o‘z ishlarini boshlashiga ruxsat etiladi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda so‘nggi sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 9ta holat qayd etilgan va jami holatlar soni 1440 taga yetgan, 12 kishi vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid