Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT koronavirus pandemiyasi jahondagi oziq-ovqat inqirozini kuchaytirishi mumkinligidan ogohlantirdi
20 aprel kuni Xitoy qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Yuy Kanchjen COVID-19 pandemiyasi xalqaro qishloq xo‘jaligi bozorlarini kasod qilishi va yangi xalqaro oziq-ovqat inqirozini keltirib chiqarishi mumkinligidan ogohlantirgandi.
Foto: TASS
Jahonda oziq-ovqat ta'minoti bilan bog‘liq beqaror vaziyat 2019 yilda kuchaygandi, koronavirus pandemiyasi esa bu vaziyatni yanada yomonlashtirishi mumin, deyiladi BMT tadqiqotida.
BMT Oziq-ovqat va ishloq xo‘jaligi tashkiloti va Jahon oziq-ovqat dasturi tomonidan tayyorlangan hisobot pandemiyadan avvalgi ma'lumotlarga asoslangan, ammo uning mualliflari koronavirus sababli vujudga keladigan muammolar to‘g‘risida ogohlantirmoqda.
Hisobotga ko‘ra, pandemiyaga qadar dunyoning 55 mamlakatidagi 135 mln kishi keskin oziq-ovqat inqirozi holatida yoki favqulodda gumanitar vaziyatda yashagan.
Shuningdek, qayd etilishicha, yana 183 mln kishi oziq-ovqat ta'minotida xatar guruhiga kirishi ehtimoli mavjud.
20 aprel kuni Xitoy qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Yuy Kanchjen COVID-19 pandemiyasi xalqaro qishloq xo‘jaligi bozorlarini kasod qilishi va yangi xalqaro oziq-ovqat inqirozini keltirib chiqarishi mumkinligidan ogohlantirgandi.
Avvalroq Unilever, Nestle va PepsiCo kabi yirik kompaniyalar BMT jamg‘armasi, fermerlar assotsiatsiyalari, olimlar va qator NNTlar bilan birgalikda G7 va G20 mamlakatlari rahbarlariga murojaat yo‘llab, agarda hukumatlar tegishli choralarni ko‘rmasa, oziq-ovqat yetkazib berish izdan chiqishi va jahon bo‘yicha ocharchilikka mahkum bo‘lganlar soni ikki baravarga oshib, 1,6 mlrd kishiga yetishi mumkinligini bildirgandi.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025